1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr


Download 94.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi94.19 Kb.
#1559071
  1   2   3   4
Bog'liq
психология



www.arxiv.uz 
 
 
REJA: 

 
1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. 
2. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr. 
3. Maktabgacha va maktab davri.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


www.arxiv.uz 
Tayanch so‘zlar( nutq. bo‘g‘in. talaffuzuz. Tafakkur. Sharoit.) 
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri 
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va 
ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida 
bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq 
buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish 
yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli 
shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola
nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa
nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va 
aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon 
paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal 
rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish,
nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi 
mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. 
Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni 
noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, 
bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada 
shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq 
tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish 
qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha
ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini 
turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga 
ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil 
shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib
ko‘rsatadi: 
Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha. 


www.arxiv.uz 
Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha. 
Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha. 
Maktab davri. 
Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,
Birinchi davr-tayyorgarlik davri.
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq 
va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu
qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, 
artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola 
gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda
quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.
Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida 
tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam 
tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga 
e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga 
yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning
talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)
Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh 
oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini 
ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq
harakatlarni 
ko‘p 
marotaba 
takrorlashi 
harakat 
ko‘nikmasining 
mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali 
ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa 
va boshqalar. 
Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil 
elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni
balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila 
boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola
yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n 
– o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va 


www.arxiv.uz 
gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi 
shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning 
to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi 
yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir 
nimani olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida 
ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir 
yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi
so‘zlar paydo bo‘ladi. 
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha)
Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv
nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga 
e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi 
va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi 
tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida 
qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni
ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 
yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida 
turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, 
bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi 
raqamlarni ko‘rsatadi: 
1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 
ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni 
shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan 
ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la 
boshlaydi.
Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha). 
Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi 
navbatda 
artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) 
va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish


www.arxiv.uz 
qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) 
tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu 
tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 
yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa 
bolaning o‘zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda 
bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 
yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib 
borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola 
xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay 
boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 
yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga 
ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va
sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha 
tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu 
vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi tugallanadi va bola
har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi. 
Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning
o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga 
nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning 
grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma
nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib 
boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu 
bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z 
ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z
vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola 
ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi 
normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, 
gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim. 


www.arxiv.uz 
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni 
o‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga 
imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning 
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ilk yoshli guruhlar 3 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqining o`ziga
xos xususiyatlari, ular nutqini o`stirishda qo`llaniladigan usullar, 
jihozlar bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. “Kichik guruh” lar 3
yoshdan 4 yoshgacha, “O`rta guruh”lar 4 yoshdan 5 yoshgacha, “Katta
guruh”lar 5 yoshdan 6 yoshgacha,”maktabda tayyorlov guruh”lar 6 
yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqida uchraydigan
nuqsonlar, ularni bartaraf qilish , nutqni rivojlantirishda o`yinlardan
foydalanish bo`yicha har qaysisi o`z guruhini himoya qiladi.Himoya
qilishda plakatlarda rasm chizish, jadvallardan foydalanishi, ijroli
o`yinlar o`ynash orqali ifoda etishlari tavsiya etiladi. Guruhlarning
chiqishlari oxirida o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi, to`ldiriladi,
xulosalanadi. 
Maktabgacha yoshdagi (bolalar) asosan 6-7 yoshli bolalar
maktabga tayyorgarligining asosiy belgilaridan biri nutqini
rivojlanganligidir. Bolalar bog`chasida har bir guruhda nutq o`stirish
bo`yicha egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining
m`eyori ko`rsatilgan. O`z vaqtida muntazam kundalik faoliyatda, 
mashg`ulotlar jarayonida dasturda ko`rsatilgan vazifalar amalga 
oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi. 
Bola 1- sinfga nutqi jihatidan benuqson holatda kelsa barcha
fanlardan o`zlashtirishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. “Uchinchi ming
yillikning bolasi” tayanch dasturi og`zaki nutqining, yani lug`at
boyligining oshib borishini, nutqning Grammatik jihatdan to`g`ri


www.arxiv.uz 
tuzilishini tovush talaffuzini har tomonlama rivojlantirishni nazarda
tutadi. Nutq qobiliyati ma`lumki kishilarning tug`ma qobiliyati emas. 
Nutq bolalarda asta – sekin rivojlanadi. 
Ba`zan bir xil yoshdagi bolalar nutqi kuzatilganda ular
darajasining har xilligini ko`rish mumkin. Demak bola nutqining
rivojlanishi tevarak – atrofdagilarning ( ota – onalarning , 
tarbiyachilarning) qanchalik e`tibor berishiga bog`liqdir. 
Bolaning ilk yoshlik davridan boshlab oila a`zolari, bog`chada 
tarbiyachilar har bir narsaning nomini to`g`ri aytib , chuchik tilda
gapirmasdan murojaat qilish kerak. 
3-4 yoshli bolalar nutqida hamma tovushlar mavjud bo`lib, bu
tovushlar ustida ishlash zarur.Chunki mazkur davr tovushlarni 
o`zlashtirish davri hisoblanadi. To katta guruhgacha hamma
tovushlar ustida ishlanadi. Maktabda tayyorlov guruhda esa aralashib 
ketadigan tovushlarni ajratishga o`rgatiladi. 
Tovush talaffuzini tarbiyalash bo`yicha ishni boshlashdan oldin
tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning nutqi bilan tanishib
chiqishi kerak . Nutqni tekshirish yilda ikki marta kuzda va bahorda
olib boriladi. Kuzda ishlarini to`g`ri rejalashtirish, bahorda-qilingan 
ishlarga yakun yasash maqsadida tekshirishda tarbiyachi 
a) tovush talaffuzi holatiga 
b) lug`atiga 
c) ma`noli nutqiga e`tibor qaratadi. 
Bola nutqidagi buzilishlar qayd qilinadi. Agar juda qo`pol buzilishlar 
bo`lsa, bolaning sog`ligi bilan tanishib chiqishga to`g`ri keladi. 
Ko`pincha bolaning 3 yoshlik davrida turli yuqumli kasalliklar bilan 


www.arxiv.uz 
og`rishi, uning o`sishni to`xtatib qo`yadi. Bu o`z navbatida nutqining 
rivojlanishiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday bolalar bilan alohida 
ko`proq ishlashni rejalashtirishga to`g`ri keladi.
Bolalar nutqini tekshirishda al`bomlar maqsadga muvofiq emas. 
Chunki al`bomning bir betiga bir qancha rasm yopishtiriladi. Bolalarga 
ko`rsatilganda ularning diqqati bir rasmdan ikkinchi rasmga ko`chadi. 
Shuning uchun bir tovush uchun mo`ljallangan buyumni rasmlardan 
foydalanish kerak. Bunda shunday rasmlarni tanlash kerakki bu 
rasmlarning nomlarida quyidagi tovushlar ishtirok qilsin. s, z, sh, ch, l, r, 
v, b, g, x, h, va boshqalar. Har bir tovush so`z boshida, o`rtasida, oxirida 
keladigan bo`lsin. Rasmlar rangli, bolalar diqqatini o`ziga tortuvchi, 
mazmuni jihatidan bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak. Buyumli rasmlar 
10x10 hajmdan kichik bo`lmasligi kerak.
Bolaning tovush talaffuzini tekshirish vaqtida buyumli rasmlar 
nomini ayttirishda lug`at tarkibi, grammatik qurilishi ham kuzatiladi. 
Gapda so`zlar o`rnini almashtirmayotganligi, bo`g`inlar tashlab 
ketirmayotganligi aniqlandi. Tarbiyachi so`zlardan gaplar tuzishga, 
gaplarda bog`lovchilarni ishlatishga, kelishik qo`shimchalaridan to`g`ri 
foydalanishga o`rgatishda mazmunli rasmlardan foydalanadi. Oldin ikki, 
keyin uch, to`rt, so`ngra undan ortiq so`zlardan foydalanib gap tuzishga 
o`rgatadi. Tarbiyachi bu ishlarni amalga oshirishda bolalarning yosh va 
o`ziga xos xususiyatlarini ta`limning didaktik tamoyillarini hisobga 
oladi.
Agar rasmning nomini aytishda bola talaffuz etilishi lozim bo`lgan 
tovushni biron marta ham aytaolmasa, aynan shu tovushni so`zda emas, 
balki alohida o`zini talaffuz ettirib ko`riladi. Tarbiyachi oldin aytadi.agar 


www.arxiv.uz 
bola alohida talaffuz etsa keyin so`zlarda to`g`ri talaffuz qilishga 
o`rgatiladi. Bola nutqini tekshirish vaqtida uning noto`g`ri tovush 
talaffuzini, so`zlarini gaplarini takrorlamaslik kerak. Bu bola nutqiga 
salbiy 
ta`sir 
ko`rsatadi, 
hatto 
noto`g`ri 
tovush 
talaffuzining 
mustahkamlanib qolishiga sabab bo`ladi. Kundalik hayot jarayonida 
nutqini tekshirish vaqtida bolalar nutqining tezligi, so`z jumlalarning 
aniqligi, ovozning jarangdorligiga, duduqlanishga tarbiyachi e`tibor 
beradi va ota-onalari bilan hamkorlikda kamchiliklarni bartaraf qiladi. 
Tekshirish natijasini jadvalda qayd qiladi.
“Lug`at boyligi”, “So`zlarning qurilishi”, “tovush talaffuzi”, 
“Izoh” bo`limlarini to`ldiradi. Shunga asosan ertalab va kechki soatlarda 
qaysi bolalar bilan nima ustida ishlashni rejalashtiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida eng ko`p uchraydigan 
kamchiliklardan biri, bu tovush talaffuzining buzilishidir. 
1 u yoki bu tovushlarni yaxshi talaffuz eta olmaslik 
2 bir tovushni ikkinchi bir tovush bilan almashtirib talaffuz etish 
3 bor bo`lgan tovushni buzib talaffuz etish bog`chada tovushlarni 
talaffuz etishni shakllantirish ishi bo`yicha olib boriladigan ishlar to`g`ri 
yo`lga qo`yilsa bola nutqidagi kamchiliklar 5-6 yoshga to`lguncha 
batamom to`g`rilash mumkin. Agar shug`ullanish natijasi yaxshi 
bo`lmasa logopedga murojaat qilish kerak.
Tovushlarning noto`g`ri talaffuz etilishi – dislaliya. 
Manqalanib, to`g`illab gapirish – rinolaliya. Alaliya – bosh miya 
katta yarim sharlar po`stlog`idagi nutq zonalarining chala rivojlanishi 
yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki yaxshi so`zlay 
olmasligidir. Bunga ona qornidaligida yoki tug`ilish vaqtida bola 


www.arxiv.uz 
boshining jarohatlanishi, 1 yoshgacha bo`lgan davrida og`ir kasalliklar 
bilan kasallanish sabab bo`lishi mumkin. Aloliya sababli bola nutqi uzoq 
vaqt rivojlanmaydi, natijada 5-7 yoshgacha, ba`zan 10-12 yoshgacha 
bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaga yo`liqqan bolalar logoped va 
psixologlarning maslahatlaridan keyin, maxsus guruhlarga, bog`chalarga 
maktablarga yuboriladi.
Duduqlanish – ba`zi bir so`zlarni aytishda to`xtalish yoki alohida 
tovush va bo`g`inlarni takrorlash. Duduqlanish hollari asabi bo`shashgan 
2 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Duduqlanish 
ko`pincha qo`rquv natijasida va ruhiy jarohatning davom etishdan, 
atrofdagilarning bolaga nisbatan qo`pol munosabatidan duduqlanish 
paydo bo`lishi mumkin. Nutqi yaxshi rivojlanmagan bolaga ko`p she`r 
yodlatish, ertaklarni aytib berishga majburlash ham duduqlanishga
olib keladi. Bolaning yoshiga to`g`ri kelmaydigan kitoblarni, ayniqsa
qo`rqinchli ertaklarni kechqurunlari o`qib bermaslikni, tele
ko`rsatuvlarni ota-onalarga tushuntirish lozim. Ovozning buzilishi – 
disfoniya deyiladi . Disfoniyada ovoz past va hirildoq bo`ladi. Har
doim baland ovoz bilan baqirish, ashula aytish, kattalarning ovoziga
taqlid qilish avtomobilning signaliga taqlid qilishlar, burunda
o`simtaning o`sishi disfoniyani keltirib chiqaradi. 
Maktab yoshiga yetgan bolalarning nutqi va tafakkurining
rivojlanganlik 
darajasiga 
qo`yiladigan 
minimal
talablar:quyidagilardan iborat. 
- tovush va so`zlarni aniq, to`g`ri talaffuz eta olish 
- 3000 tadan ortiq so`zni tushintirishi va bilishi 
- rasmga qarab gap tuza olish 


www.arxiv.uz 
- ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushunish 
- eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so`zlab bera olish 
- ta`sirli nutqqa ega bo`lish 
- kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega 
bo`lish 
1-2 yosh lug`at boyligi 40-50 ta so`z 
2-3 yosh lug`at boyligi 250-300 ta so`z 
3-4 yosh 800-1000 
4-5 yosh 1900-2000 
5-6 yosh 2500-3000 
6-7 yosh 3000-3500 
Bolaning 2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan davrida lug`ati va
ma`noli nutqi tez rivojlanadi. 

Download 94.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling