1. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining psixologik-pedagogik asoslari


Download 42.93 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi42.93 Kb.
#1787471
  1   2   3
Bog'liq
ijtimoiy moslashuv


1.Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining psixologik-pedagogik asoslari.
,,Bolalarning ijtimoiy moslashuvi‘‘ fani bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy pedagogik faoliyatning oʻziga xosliklari va uning gumanistik yoʻnalganligini yoritib berish, turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini oʻrganish tamoyillari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari,barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirih yoʻllari va ish samaradorlig, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari,maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarni ijtimoiy faoliyatga oʻrgatish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Bolaning ijtimoiy-psixologik moslashuvi turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi va bevosita bolaning yoshiga, sog‘lig‘ining holatiga, yuqori asabiy faoliyat turiga, oiladagi tarbiya uslubiga va uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga, o‘yin ko‘nikmalarining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Ko‘p jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi ota-onalarning bolani bo‘lajak o‘zgarishlarga qanday axloqiy va jismoniy tayyorlanganiga, shuningdek, bolaning individual tipologik xususiyatlariga bog‘liq xolerik va sangvinik odamlar flegmatik melanxoliklarga qaraganda tezroq moslashadi. Bolalarning ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish uchun ota-onalar farzandlariga yoshligidan tengdoshlarva kattalar bilan muloqot qilish san’atini o‘rgatishlari, to‘g‘ri kun tartibiga rioya qilishlari kerak. Bolaning eng kichik yoshidanoq uning mustaqilligini rag‘batlantirish kerak, keyin u sog‘lom va komil shaxs bo‘lib o‘sadi.
2.Fanning maqsad va vazifalari.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig obyektibu bola. Ushbu fan maqsadi — ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar va sotsium oʻzaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos boʻlish, amaliyot ishlar darajasida bu oʻzaro ta’sirini har tomonlama uygʻun boʻlishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori koʻtarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, oʻzaro bogʻlovchi vazifalaridir.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani ilk va maktabgacha yoshdagi sogʻlom, anomal bolalarning ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, bir muhitdan ikkinchi muhitga oʻtganda moslashuvchanlikgini, oilada, mahallada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiya olishi, anomal bolalarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam berish, ularda shaxsni shakllantirish,maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni oʻrganuvchi fandir.
Bolaning moslashuv jarayonining to‘g‘ri kechganligi birinchi belgilari:
-tinch uyqu;
-boshqa bolalar bilan tayyor muloqot;
-pedagogning har qanday taklifiga adekvat javob berish;
-normal hissiy holat;
Mana shunday moslashuv jarayonlarini o‘rganuvchi fanga Bolalarning ijtimoiy moslashuvi deyiladi.

Download 42.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling