1. Bolaning maktabga tayyorgarligi Bolaning psixologik xususiyatlari Ta’limga psixologik tayyorgarlik


Intelektual tayyorgarlik haqida quyidagi belgilar bo‘yicha fikr yurtishadi


Download 70 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi70 Kb.
#1337945
1   2
Bog'liq
Bolaning maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari

Intelektual tayyorgarlik haqida quyidagi belgilar bo‘yicha fikr yurtishadi:
-figuraning fondan (ko‘rinishdan) ajralib turishini o‘z ichiga oluvchi differensial idrok qilish (perseptiv yetilganlik);
-e’tiborni bir yerga jamlash;
-hodisalar o‘rtasida asosiy bog‘liklarga erishish qobiliyatda ifodalanadigan analitik fikirlash;
-mantiqiy eslab qolish;
-sensomotor o‘zaro moslik;
-namunani qaytadan tiklash qobiliyati;
-nozik qo‘l harakatlarini rivojlantirish;
Aytish mumkinki, shunday tarzda tushuniladigan intellektual yetilganlik yetarli darajada bosh miyaning tuzilishining funksional yetilganligida aks etadi.
Emotsional yetilganlik quyidagilarni ko‘zda tutadi:
-g‘ayri ixtiyoriy ta’sirlanishlarning kamayishi;
-uzoq vaqt ichida uncha yoqimli bo‘lmagan topshiriqni bajarish imkoniyatini beradi;
Ijtimoiy yetilganlik haqida quyidagilar dalolat beradi:
-bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga ehtiyoji va o‘z xuquqini bolalar guruhi qonunlariga bo‘ysundira olish qobiliyati;
-maktab ta’limi vaziyatida o‘quvchi vazifasini bajarish qobiliyati;
“Maktabga tayyorlik” tushunchasi bir necha ma’noga ega. Maktabga tayyorlik deganda bolada “kirish ko‘nikmalari” ko‘rinishida o‘qitishga asos borligi tushunishiga bag‘ishlangan bir qancha ishlar mavjud (asosan amerikalik psixologlar bilan berilgan A.Anastazi., 1982) oxirgilari o‘zida maktab dasturini yaxshi o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan qobiliyat, bilim, ko‘nikma, sabablarni mujassam etgan.
Ye.E.Kravsova ishlarida bolaning maktabga psixologik tayyorgarlikda boladagi muloqotning rivojlanishiga asosiy e’tiborni qaratadi. Shunga bog‘liq muloqotning 3 ta darajasini ko‘rsatadi, ya’ni kattalar, tengdoshlari va o‘z-o‘ziga munosabatni rivojlanishi darajasi asos qilib olingan. Ye.E.Kravsova maktabga tayyor bo‘lmagan bolalarda tug‘iladigan qiyinchiliklarni o‘rganib chiqqan shuningdek, bolaning maktabga nisbatan munosabatida asosiy ko‘rsatkich bo‘lib uning ichki ijtimoiy olami hisoblanadi. Jumladan bolaning maktab, o‘qituvchi, o‘qish haqidagi fikrlari va xayoliy tasavvurlari muhim ahamiyat kasb etadi.
N.G.Salmina mktabga psixologik tayyorgarlikni sifat ko‘rsatkichlarini shuningdek, erkinlik o‘quv faoliyatining shart-sharoiti sifatida ajratiladi.
Ya.Yerasek maktabga yetuklik tushunchasiga yanada soddaroq ta’rif beradi. Uning fikricha maktabga yetuklik bolaning maktab ta’limida ishtirok etishini ifoda etadi.
Irland psixologi G.P’eron maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash maqsadida maxsus metodika ishlab chiqqan. Metodika ikki bosqichdan iborat bo‘lib birinchi bosqichda bolaning yoshiga mos hayotiy 20 ta savollardan va ikkinchi bosqichda olti xil geometrik figuralar taqdim etilib bola ular o‘rtasidaga o‘zaro farqni va o‘xshashligini aytishi kerak. Ikkinchi bosqich sodda ko‘ringani bilan juda murakkab shkala hisoblanadi. Bu metodika orqali bolani maktabga qanchalik tayyor ekanligini ko‘rsatib beradi.
Muxina tadqiqotlariga ko‘ra bolaning maktabga psixologik tayyorligi nafaqat uning maktab yoshiga yetganligi bilan belgilanadi, balki maktabga chiqishi uchun kerakli bo‘lgan xususiyatlar bo‘lishi zarurdir.
Shuningdek bolaning maktabgacha yosh davri faoliyati davomida quyidagi xususiyatlar o‘z aksini topishi kerak. Bolada o‘quvchi bo‘lishga hamda o‘qishga hoxish bo‘lishi kerak. Bunday hohish bolada katta maktabgacha yosh davrining oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi.
Matyuxinaning tadqiqotlarida bolaning maktabga tayyorliklarida uning shaxsiy xususiyatlarini tayyorgarligi asosiy o‘rin egallaydi. Shaxsiy xususiyatlardagi tayyorgarlik maktabga nisbatan qiziqishlaridan oldin vujudga keladi. Bu qiziqishlarni vujudga keltiradigan narsa o‘yin hisoblanadi.
K.D.Ushinskiy bolani ertaroq o‘qitish yoxud kechroq o‘qitish ham bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Bolaning o‘z vaqtida o‘qishga jalb qilinmagan ruhiy kuchlari ko‘pincha shunday ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkinki so‘ng bu ko‘ngilsizliklar bilan kurashishga to‘g‘ri keladi, lekin bu kurash hamma vaqt ham samarali natija beravermaydi”.
V.A.Kruteskiyning fikricha, bolaning maktab ta’limiga tayyorligida uning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari nazarda tutadi. Ob’ektiv tomoniga bolaning xotirasi diqqatining to‘play olishi va boshqalar. Sub’ektiv tomoniga esa kattalar ayniqsa, o‘qituvchisi bilan muomala qilish nazarda tutiladi
Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling