2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o’ziga xos ob'ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o’rganish qulay bo’lishi uchun tarmoqlarni ma'lum tizimga keltirish maqsadida ma'lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:
1. Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
a)muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
b)aviasiya psixologiyasi- uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi.
2. Pedagogik psixologiya
Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
a) ta'lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;
6. Tibbiyot psixologiyasi
a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;
v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
3. Yuridik psixologiya
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a)sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |