1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja


Download 282.43 Kb.
bet10/17
Sana19.12.2022
Hajmi282.43 Kb.
#1032945
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
1-мавзу (1)

Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning yangiliklaridan bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.
Prezident I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarning birinchi navbatda onglarida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishning jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e'tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsni tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritilgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish amaliyotlarini hisobga olsa, iqtisodiyot o’z navbatida islohotlarning ob'ekti hamda sub'ekti bo’lmish inson olamidagi barcha psixologik o’zgartirishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifalarini yechishi kerak. Bundan tashqari menejment, marketing boshqaruvi sohasidagi har bir izlanish hoh u iqtisodchi tomonidan amalga oshiriladimi, hoh psixologlar tomonidanmi, baribir ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda shaxsning individual qobiliyatlarini inobatga olish insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning sirlarini mustahkamlash bilan inson resurslari masalasiga to’g’ri, odilona yondashishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida shaxs va guruhlar psixologiyasini bilish va ishlab chiqarishning iqtisodiy omillarini odam qobiliyatiga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Psixologiyaning tabiatshunoslik bilan aloqasining tobora mustahkamlanishiga quyidagi omil asosiy sabab bo’lgan. Bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan edi. Eksperiment metodining G.Fexner tomonidan fanga joriy etilganligi ana shu jumladan bo’lib, bu I. M. Sechenovning "Bosh miya reflekslari kitobi bosmadan chiqqanidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi. Bu kitobda psixik hodisalar ham xuddi odam organizmining boshqa barcha funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv sistemasining reflektor aks etishi faoliyati natijasi ekanligi ko’rsatib berilgan edi. I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy negizini tashkil etadi.
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik psixologiya va hokazolar misolida ko’rish mumkin. Akademik B.M.Kedrovning klassifikasiyasi bo’yicha barcha fanlar 3 guruhga bo’linadi: gumanitar, falsafiy va tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to’xtaladigan bo’lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi.

Download 282.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling