1. Bo‘linmalarning jangovar ta’minot. Bo‘linmalar jangovar ta’minotning maqsadi va vazifasi


Download 5.84 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.84 Kb.
#1580844
Bog'liq
Ahlimiddinov Bahriddin (2)


Fargʻona 2023
Fargʻona Davlat Universiteti Harbiy taʼlim fakulteti 2-bosqich 21.107-guruh kursanti Ahlimiddinov Bahriddinning Taktik tayyorgarlik fanidan Taqdimot
MAVZU: Bo‘linmalarning jangovar ta’minot.
Reja.
1. Bo‘linmalarning jangovar ta’minot.
2. Bo‘linmalar jangovar ta’minotning maqsadi va vazifasi.
3. Jangovar ta’minotning turlari (Razvedka, taktik niqoblash, qo‘riqlov, muhandislik ta’minoti, kimiyoviy ta’minot, OQQ va undan himoyalanish, radioelektron kurash).
Razvedka
Razvedka vaziyatning har qanday sharoitlarida dushman haqidagi va jangovar harakatlar olib borish lozim bo‘lgan rayondagi joy haqida ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsadlarida tashkil etiladi va olib boriladi. Razvedkaga qo‘yiladigan asosiy talablar: maqsadga yo‘naltirilganlik, uzluksizlik, faollik, jadallik, maxfiylik, razvedka qilinayotgan obyektlar (nishonlar) ning koordinatalarini belgilashdagi aniqlik va to‘g‘rilik. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar imkoni bo‘lgan barcha usullar orqali razvedka olib borish vazifasini qo‘ygan komandirga yetkazib boriladi.
Razvedka
Motoo‘qchi (tank) guruhi motoo‘qchi (tank) batalyonidan ajratib beriluvchi razvedka va jangovar razvedka dozoriga tayinlanishi mumkin. Motoo‘qchi seksiya (tank) dozor seksiyasi (tank) sifatida kuzatuv postining tarkibiga tayinlanishi mumkin, maxsus tayyorlangan motoo‘qchi seksiya (tank ekipaji) esa radiatsion va kimyoviy razvedkani olib borishga tayinlanishi mumkin.
QO’RIQLOV
  • Parol butun shaxsiy tarkibga og‘zaki xabar qilinadi, javob esa razvedkaga yoki muhofazalanishga tayinlangan bo‘linma komandirlariga, shuningdek, og‘zaki buyruqlarni yetkazish uchun yuborilgan shaxslarga bildiriladi.
  • Parol muhofazalanish marrasidan o‘tayotgan va tunda bo‘linma joylashgan yerga ketayotgan barcha shaxslardan, javob esa komandirning buyrug‘ini yetkazuvchi shaxslardan hamda razvedka olib borayotgan bo‘linmalarning komandirlaridan so‘raladi.

Parol va javob sekin aytiladi. Parolni bilmaydigan barcha shaxslar ushlanadi, buyruq olib kelganlar esa javobni bilmasa ushlab qolinadi. Ushlanganlarni guruh (kichik guruh, tank) komandirining shaxsan o‘zi so‘roq qiladi va vaziyatdan kelib chiqqan holda yo‘lini davom ettirishga ruxsat beradi yoki soqchilar nazorati ostida vzvod (guruh) komandiriga, yoki muhofazlanishga jo‘natgan komandir huzuriga yuboradi.
TAKTIK NIQOBLANISH
Taktik niqoblanish guruh (kichik guruh, tank) komandiri tomonidan olingan jangovar topshiriq, vzvod (guruh) komandirining niqoblanish bo‘yicha ko‘rsatmalariga va yuzaga kelgan vaziyatga muvofiq, o‘z bo‘linmalarining to‘satdan harakat qilishiga va ularni jangovar qobiliyatini saqlashga erishish maqsadlarida tashkil etiladi. U doimiy ravishda, odatda, o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi.
Taktik niqoblanishga quyidagilar orqali erishiladi:
- joyning, mahalliy predmetlarning, sutkaning qorong‘i paytining va ko‘rish imkoniyatlari cheklangan sharoitlarning himoyalash xususiyatlaridan foydalanish;
- niqoblanishning tabel vositalarini, mahalliy materiallarni va aerozollar (tutun) ni qo‘llash, radiointizom va radioalmashinuv qoidalariga rioya qilish va bo‘linmalar almashganda hamda ular yangi topshiriqni bajarishga tayyorlanayotganda oldingi faoliyat rejimlarini saqlash;
- niqoblanish intizomi talablarini qat’iy ado etish;
OQQ va undan ximoyalanish
Shaxsiy va umumiy himoya vositalaridan foydalanishda
quyidagilar orqali erishiladi: ularning mavjudligini va shayligini doimo tekshirib turish, shaxsiy tarkibning ana shu vositalardan turli vaziyatlarda foydalanish bo‘yicha oldindan tayyorgarlik ko‘rishi va doimiy mashqlar o‘tkazilishi; shaxsiy himoya vositalarining «jangovar» holatga o‘tkazilishining va ularning yechilishining marralari va vaqtini to‘g‘ri belgilash, umumiy himoya vositalari yordamida jihozlangan inshootlaridan foydalanish tartibi va qoidalariga, zirhli obyektlarning ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish tizimidan foydalanish tartibiga rioya qilish.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 5.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling