1. Borliq falsafa kategoriyasi. Borliqning shakllari. Falsafada substansiya va materiya muammosi
Download 22.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqRB Falsafa
1. Borliq – falsafa kategoriyasi. Borliqning shakllari. 2. Falsafada substansiya va materiya muammosi. 3. Harakat va rivojlanish, makon va vaqt. 4. Hozirgi zamon fani materialliq dunyoning tarkibi va evolyusiyasi haqida. Javoblar 1 Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. haqiqadan ham borliq unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni tashkil etadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o’rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya‘ni borliq azaldan mavjudmi yoki u mutlaq ruh tomonidan yaratilganmi degan masalaga borib taqaladi. Xush borliq o’zi nima? Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo’lganidan biri faylasuflar e‘tiborini o’ziga jalb qilib keladi? Bu savolarga javob berish uchun biz borliq muammosining inson va insonlar hayoti bilan bog’liq real ildizlarini yoritishimiz lozim. Ma‘lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o’zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va umuman insoniyat haqida, xususan, o’zlari haqida ham o’ylay boshlaganlar. Ular tabiat va jamiyat, o’z hayotlarida sodir bo’lib turgan turli-tuman o’zgarishlarni kuzatganlar, bu narsalar ular ko’z o’ngida ob‘ektiv reallik sifatida gavdalangan: ya‘ni ular bor, mavjad lekin vaqt o’tishi bilan yo’q bo’ladi, ya‘ni mavjud bo’lmay qoladi, aksincha, ba‘zi yo’q narsalar paydo bo’ladi. Shular asosida kishilarda muvjudlik va yo’qlik haqida qarashlar paydo bo’la boshlagan. Borliqning darajalari va asosiy shakllari Bizni kurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo’lib, u ko’pdan-ko’p real mavjud narsalardir. Bu narsa va hodisalarning har biri o’ziga xos, boshqalarida mavjud bo’lmagan tomonlar xususiyatlarga ham ega. Narsa va hodisalar, imkoniyat va voqelik sifatida mavjuddirlar. Darvoqe, shuni ham e‘tiborda tutishimiz lozimki, imkoniyat aslo yo’qlik degani emas, u potentsial borliqdir. Voqelikni esa aktual borliq sifatida qabul qilish mumkin. Potentsial va aktual borliq falsafada borliq darajalari deb yuritiladi. Dunyodagi barcha mavjud narsa va hodisalarni ular borlig’ining ko’rinishlariga ko’ra, turli shallarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o’z amaliy faoliyatlarida o’zlari anglamagan yoki anglangan holda, borliqning turli shakllari o’rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta e‘tibor berdilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash ajratish kishilarning amaliy faoliyatida, dunyoni tushunishida muhim ahamiya kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o’rganish borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi. hozirgi falsafiy adabiyotlarda faylasuflar borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lgan qo’yidagi turlarga ajratmoqdalar. Insondan uning ongidan tashqarida ob‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar, jarayon-lardan iborat moddiy borliq. Faqat inson, uning ongi bilan bog’liq sub‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar, qarashlar tarzidagi ma‘naiy borliq. Borliqning bu turlari o’rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o’tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o’z navbatida yana bir qancha shakllar, ko’rinishlarga bo’linadi. Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha nooganik va organik moddalar olami, o’simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o’zi va ularning o’zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat-bularning barchasi moddiy borliq ko’rinishla-ridir. Shunga ko’ra moddiy borliqni qo’yidagi konkret turlarga ajratish mumkin. Tabiat borlig’i; borliqning ushbu shakli tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlar borlig’i hamda inson qo’li bilan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’ini o’z ichiga oladi. Jamiyat borlig’i; borliqning ushbu shakli individual va ijtimoiy borliqqa bo’linadi. Inson borlg’i; borliqning ushbu shakli insonning narsa sifatidagi borlig’i va insonning o’ziga xos borlig’idan iborat. Moddiy borliqning bu turlarining har biri o’z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko’rinishlarga bo’linadi. Ularni bunday ko’rinishlarga bo’lishning o’zi nisbiydir, chunki ularning hech biri sof holda emas, biri ikkinchisi bilan, ikkinchisi uchinchisi bilan va haqazo aralashib ketgandir. Ma‘naviy borliq inson ongi bilan bog’liq barcha ma‘naviy hodisalar: fikrlar, g’oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma‘naviy-madaniy hayotidir. Shu jihatdan ma‘naviy borliqning qo’yidagi ikki ko’rinishi farq qilinadi. Individuallashgan ma‘naviy borliq. Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliq. 2 Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling