1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari
Download 42.92 Kb.
|
1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
20. Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari.1. N. cutaneus femoris posterior — sonning orqa soha terisini innervatsiya qiladi. Bu nerv sezuvchi tarmoqlardan hosil bo'ladi. Chanoq sohasidan foramen infrapiriforme teshigi orqali o'tadi. Bu nervda dumbaning pastki terisiga — n.n. clunium inferiores, va oraliq terisiga — r.r. perineales shoxlari ajraladi.2. N. ischiadicus — o‘tirg‘ich nervi. Bu nerv chanoq bo‘shlig‘idan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. U sonning orqa guruh mushaklari orasidan yo'nalib, tizza osti chuqurchasi sohasida ikki tarmoqqa ajraladi: I) katta boldir nervi — n. tibialis; 2) umumiy kichik boldir nervi — n. peroneus communis.0‘tirg‘ich nervidan son sohasida rami musculares tarmog'i ajraladi. Bu tarmoq sonning orqa guruh mushaklari: m. semitendinosus; m. semimembranosus; m. biceps femoris ning uzun boshchasi, qisman m. adductor magnus Iami innervatsiya etadi.Katta boldir nervi —- n. tibialis. U aralash nerv tolalaridan iborat boladi.I) Bu nervning harakat tolasi — rami muscularis va n. interosseus cruris boldirning orqa guruh mushaklari: m. gastrocnemius; m. plantaris; m. soleus; m. popliteus; m. tibialis posterior; m. flexor hallucis longus; m. flexor digitorum longus larni innervatsiya etadi.2) N. cutaneus surae medialis — sezuvchi tarmoqlardan tashkil topib, boldirning orqa sohasining ichki yuzasidagi terini innervatsiya etadi. Umumiy kichik boldir nervidan ajraluvchi — n. cutaneus surae lateralis bilan qo'shilib, n. suralis nervini hosil etadi. N. suralis dan ajraluvchi nervlar: n. cutaneus dorsalis lateralis va r.r. calcanei lateralis boldir orqa sohasi terisini inervasiya qiladi.3) R.r. calcanei medialis — sezuvchi shoxlar bo'lib, to'piq sohasining medial terisini innervatsiya qiladi.4) Katta boldir nervi — n. tibialis medial to'piqni aylanib o'tganidan so'ng, oyoqning kaft yuzasida ichki va tashqi kaft nervlari: n. plantaris lateralis va n. plantaris medialis larga ajraladi. N. plantaris medialis aralash nerv tolalaridan iborat bo'lib, uning harakatlantiruvchi tolalari oyoqning kaft sohasidagi mushaklar: m.abductor hallucis, qisman m. flexor digitorum brevis, m. flexor hallucis brevis, m. Iumbricales ni innervatsiyalaydi. Bu nervning sezuvchi tolalari oyoq kafti sohasining III, V barmoq terisini innervatsiya etadi. Barmoqlarga yo'naluvchi tarmoqlar — n.n. digitales plantares communes — kaft yuzasidagi umumiy barmoq nervlari — xususiy barmoq nervlari — n.n.digitales plantares proprii larga ajralib, I, III barmoqlarni va IV barmoqning medial-kaft yuzalarini (III, V barmoq terisini) innervatsiya etadi.
Son,katta va kichik boldir innervatsiyasi. N. plantaris lateralis — aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nervni harakatlantiruvchi tolalari oyoq kaftining lateral mushaklari: m. abductor digiti minimi; m. flexor digiti minimi; m. abductor hallucis; m.quadratus plantae, qisman m. lumbricalis; m. flexor hallucis brevis; m. flexor digitorum brevis larni innervatsiya etadi. N. plantaris lateralis ning sezuvchi tolalari avval n.n. digitales plantares communes, so'ngra n. n. digitalis plantaris proprii — V barmoq va IV barmoqning lateral-kaft yuzalarini (I, V barmoq terisini) innervatsiya etadi.N. peroneus communis — umumiy kichik boldir nervidan n. cutaneus surae lateralis tarmog'i ajraladi. Bu nerv boldirning orqa yuzasining lateral soha terisini innervatsiya qiladi. Bu tarmoq katta boldir nervidan ajraluvchi n. cutanus surae medialis bilan qo‘shilib n.suralis nervini hosil etadi. N.suralis tovon sohasi terisigacha tarqaladi hamda oyoq panjasining ustki yuzasidagi V barmoq va IV barmoqning tashqi yuza terisini innervatsiya etadi. U m. biceps femoris ning kichik boshchasini innervatsiya etadi. Umumiy kichik boldir nervi tizza osti chuqurchasi sohasida yuza kichik boldir nervi — n. peroneus superficialis ga hamda chuqur kichik boldir nervi — n. peroneus profundus ga ajraladi.1. N. peroneus superficialis aralash nerv tolalarini saqlaydi. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalar—r.r.muscularis boldirning lateral guruh mushaklari: m. peroneus longus; m. peroneus brevis larni innervatsiya etadi. Uning sezuvchi tolalari — n.cutaneus dorsalis medialis oyoq panjasining ustki terisida, I, II, IlI barmoq va IV barmoqning ichki yuza terisida tarqaladi. Barmoqlarga yo'naluvchi nervlar n. cutaneus dorsalis intermedius dan ajralib n.n. digitales dorsales pedis deyiladi.2. N. peroneus profundus — boldirning oldingi guruh mushaklari: m. tibialis anterior, m. extensor digitorum longus, m. extensor hallucis longus hamda oyoq panjasining ustki yuzasida joylashgan mushak: m. extensor digitorum brevis larni innervatsiya etadi. Mushaklarda tarqaluvchi tolalar r.r. muscularis deyilsa sezuv tolalari barmoqlarni innervatsiyalaydi va n.n. digitales dorsales pedis deyiladi. Dum nervi.Orqa miya tarmoqlamish qonunyatlari.Dum chigali — plexus coccygeus V dumg'aza segmenti tarmog'i va I dum nervidan m. coccygeus yuzasida hosil bo'ladi. Uning tarmoqlari shu va to'g'ri ichakni ko'taruvchi mushakni hamda n. anococcygei tarmog'i to'g'ri ichak chiqish teshigi bilan dum umurtqalari orasidagi terini innervatsiyalaydi. Orqa miya nervlari innervatsiyasining qonuniyatlari:1. Orqa miya nervlari o'rtadan, simmetrik ravishda juft bo'lib yo'naladi.2. Orqa miya nervlari to'g'ri yo'l bo'ylab, qisqa masofa orqali, yaqin joylashgan mushaklami innervatsiya etadi. Taraqqiyot vaqtida tanaga ko'chgan yoki tanadan qo'l va oyoqqa ko'chib qolgan mushaklar (trunkopetal va trunkofugal) boshlang'ich davrda o'sib kirgan nervlarni saqlab qoladi. Shu sababdan diafragma bo'yin chigali nervlari bilan, orqaning yuza mushaklari yelka chigali tarmoqlari bilan, ko'krakning yuza mushaklari yelka chigali tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.3. Bir miotomdan hosil bo'lgan mushaklar guruhi bir xil nerv yoki bir xil segment tarmoqlari bilan innervatsiya etiladi. Agarda mushak bir necha miotomlarning birikishidan hosil bo'lsa bir necha nerv yoki bir necha segment tolalaridan innervatsiyalanadi. Qorinning to'g'ri, ko'ndalang va qiyshiq mushaklari bir necha miotomlar birikishidan hosil bo'ladi. Shu sababli bu mushaklar bir necha nervlar bilan innervatsiyalanadi. Periferik nerv tizimi-systema nervosum periphericum Pereferik nervlar bosh miya va orqa miya o‘zaklaridan boshlanib, to‘qima va a’zolargacha davom etadi. Perefmk nerv tizimini tashkil etuvchi nervlar quyidagi guruhlarga ajraladi:1) n. spinalis — orqa miya nervlari;2) n. cranialis — bosh miya nervlari;3) n. autonomicus — avtonom (vegetatid) nerv tizimi nervlari;Pereferik nerv tizimini hosil etuvchi nervlar o‘z navbatida quyidagi nervlarga ajraladi:a) n. motorius — harakatlantiruvchi nerv;b) n. sensorius — sezuvchi nerv;d) n. mixtus — aralash nerv. Bu nerv tarkibida ramus cutaneus — teri shoxlari, ramus articularis — bo'g'imlarni innervatsiya etadigan shoxlar va ramus muscularis — mushaklarni innervatsiya etuvchi shoxlar bo‘ladi.Nerv — nervus tarkibida ta'sirning yo'nalishiga ko‘ra afferent nerv tolalari — neufibrae afferentes, efferent nerv tolalari — neufibrae efferentes boiadi.Innervasiya etish sohasiga nisbatan tanani innervatsiya etuvchi tolalar — neurafibrae somaticae — somatik va ichki a'zolarni innervatsiya etuvchi avtanom (vegetatid) nerv tolalari — neorofibrae autonomicae boladi. O’tkazuv(komissural,proeksion) yo’llari.Murakkab reflektor yoylar tarkibida bosh miya tomon yo'naluvchi afferent neyronlar va bosh miyadan orqa miya orqali a’zolarga qaytuvchi efferent neyronlar joylashadi.O'tkazuv yo'llari uch turga bo'linadi:1) assotsiatsion o'tkazuv yo'llari,2) komissural o'tkazuv yo'llari.3) proeksion o'tkazuv yo'llari.1. Assosiasion yo'llar—bosh miya po'stlog'ining turli markazlarini o'zaro bog'laydi. Bu yo'llar kalta va uzun tarmoqlarga bo'linadi.1) Kalta assotsiativ tarmoqlar o'zaro yonma-yon joylashgan markazlarni birlashtiradi.2) Uzun tarmoqlar esa bosh miyaning turli bo'laklarida joylashgan markazlarni o'zaro bog'laydi. Lekin bu birlashmalar har bir bosh miya yarim sharining markazlari orasida joylashadi.Bu o'tkazuv yo'llari quyidagi tolalardan tashkil topadi:a) yuqori bo'ylama tutamlar - bosh miyaning peshona bo'lagi bilan ensa va chakka bo'laklarini birlashtirib turadi;b) pastki bo'ylama tutamlar — bosh miyaning ensa bo'lagi bilan chakka bo'laklarini birlashtiradi.d) ilmoqsimon tolalar—bosh miyaning peshona va chakka bo'laklaridagi markazlarni o'zaro birlashtiradi.e) belbog'simon tutamlar — bosh miyaning gumbazsimon pushtalari ostida joylashib, qadoqsimon tananing tubi bo'ylab yo'naladi va hidlov uchburchagi sohasi bilan dengiz oti pushtasining ilmoqsimon qismlarini o'zaro birlashtiradi.i) peshona-ensa tolalari — bosh miyaning peshona va ensa bo'laklaridagi markazlarni o'zaro birlashtiradi.2. Komissural yo'llar- bosh miyaning har ikkala yarim sharidagi markazlarni o'zaro bog'lab turadi. Bu tolalar quyidagi turlarga bo'linadi: a) qadoqsimon tana—miya yarim sharlarini o'zaro birlashtiruvchi tolalar bo‘lib hisoblanadi;b) miya yarim sharlarini qo‘shuvchi oldingi tutamlar—yarim sharlardagi hid biluv bo‘laklarini va paragippokamp sohalarini o‘zaro birlashtiradi;d) bosh miya yarim sharlarining gumbaz birikmasi—ikki tarafdagi ammoniy shoxlarini o‘zaro birlashtiradi;e) bosh miya yarim sharlari orasidagi uzangi birikmalari — ikki tarafdagi oraliq miyalami birlashtiradi.3. Proeksion tolalar—bosh miya po'stlog'i bilan markaziy nerv tizimining boshqa markazlarini va orqa miya segmentlarini o‘zaro birlashadi. RetikuIar (to‘r) formatsiyaMiya so'g'onining (uzunchoq miya, Voroliy ko'prigi, miya oyoqchalari) o'rta qismida, nerv hujayralarining o'zaro tola almashishi natijasida to'r hosila — retikular formatsiya joylashadi. Retikular formatsiya orqa miya, miyacha, bosh miya po'stlog'i va gipotalamus bilan bog'langan murakkab reflektor markaz hisoblanadi.Shunday qilib, organizm afferent (ko'tariluvchi, sezuvchi), spesefik (og'riq, harorat, ko'ruv, sezuv) o'tkazuv yo'llaridan tashqari qo'shimcha efferent yo'llardan tashkil topadi. Retikular formatsiya hujayralari maxsus o'tkazuv yo'llariga ajralmaydi, balki bir xil hujayralar har hil impulslarni qabul qilib, miyaning bir qancha markazlari bilan aloqada bo'ladi. Retikular formatsiya hosil qilgan nerv hujayralari po'stloq osti vegetativ nervlarning. bosh miya nervlarining, miya po'stlog'ining va orqa miya markazlari bilan ikki tomonlama aloqada bo'ladi. Bu ikki tomonlama birikuv quyidagi vazifalami bajarishga yordam beradi: 1) markaziy nerv tizimiga afferent (maxsus) o'tkazuv yo'llari orqali yo'nalayotgan impulslarni muvofiqlashtirib turadi;2) bosh miya po'stlog'idagi markazlarning qo'zg'alish kuchini oshiradi;3) vegetativ nervlarning vazifasini kuchaytiradi, mushak tonusini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.O'z navbatida retikular formatsiya hu Gumbaz,Qadaqsimon tana.Qadoqsimon tana ostida fornix deb nomlanadigan gumbaz va oq moddalardan tashkil topgan tutamlar joylashadi. Bu tutamlar har ikki bosh miya yarimsharida uchrab, o'rta qismi o'zaro qo'shilgan boladi va bu sohani corpus fornicus deb ataladi. Ikki yarimshardagi gumbazlarning oldingi va orqa tutamlari esa, aksincha bir-biridan uzoqlashgan boladi. Oldingi tutamlar—columnae fornicis, orqa tutamlar esa — crura fornicis deyiladi. Gumbazning orqa qismi — crura fornicis yon qorinchalarning pastki shoxi ichida joylashgan „suv otinmg pixi" — fimbria hyppocampi deb nomlanadigan bo'rtmalarda yakunlanadi. Gumbazning oldingi tutamlari bo'rtiq osti sohasidagi so'rg'ichsimon tanaIar—corpora mamillaria gacha davom etadi.Columnae fornicis ning orqasida uchinchi va yon qorinchalarni o'zaro birlashtirib turuvchi qorinchalararo teshik foramen interventricularae joylashsa, bu tutamlaming oldida esa ikki bosh miya yarimsharlarini o'zaro qo'shib turuvchi oldingi modda — comissura cerebri anterior joylashadi. Gumbaz- ning uchi bilan, tizzasimon soha oralig'ida pardasimon to'siq — septum pel- lucidum tortilgan boladi.jayralari barcha maxsus, xususiy o'tkazuv yo'llari bilan kollateral (yon) tolalar vositasida birlashadi. Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling