1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
Download 42.92 Kb.
|
1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. 4-Qorincha,rombsimon chuqurcha.
3.Miyachaning tuzilishi. Miyacha — muvozanatni saqlaydigan markazlarni o'z ichiga olgan a’zo hisoblanadi. Miyachaning ikki yon tarafida miyacha yarim sharlari hemispheria cerebelli va ularning orasida chuvalchangsimon qism — vermis ko'rinadi. Chuvalchangsimon hosila sohasi miyacha tanasi — corpus cerebelli deb ataladi.Miyachaning corpus cerebelli sohasida quyidagi bo'laklar bo'ladi:1) lobus cerebelli anterior — miyachaning oldingi bo'lagi. Bu bo'lak tarkibida lingula cerebelli — miyacha tilchasi. lobulus centralis markaziy bo'lakcha. ala lobuli centralis — markaziy bo'lakcha qanotlari, culmen cho'qqisi, lobulus quadrangularis anterior — oldingi to'rt burchakli bo'lakchalar bo'ladi.2) lobus cerebelli posterior miyachaning orqa bo'lagi. Bu bo'lak tarkibida lobus simplex — oddiy bo'lakcha, lobuli semilunares — yarimoysimon bo'lakchalar, lobus gracilis — nozik bo'lakcha, pyramis — piramida, lobus biventer — ikki qorinchali bo'lakcha, uvula — tilcha, tonsilla cerebelli miyacha murtaklari ko'rinadi.3) lobus flacculonodularis-bo'lakcha — tuguncha bo'lagi. Bii bo'lak tarkibida bo'lakcha — nodulus, tuguncha — flocculus, tuguncha oyoqchasi — pedunculus flocculi Iar bo'ladi.Miyacha miyaning qismlari bilan uch juft oyoqchalar vositasida o'zaro birikadi. Miyachaning yuqori oyoqchalari — pedunculi cerebellares superiores o'rta miya bilan birikadi. Miyachaning o'rta oyoqchalari — pedunculi cerebellares medius Voroliy ko'prigi bilan tutashadi.
4. 4-Qorincha,rombsimon chuqurcha.Rombsimon miya pufagidan taraqqiy etgan: uzunchoq miya, ko'prik va miyachalar orasidagi bo'shliq IV qorinchaga aylanadi.IV qorincha oldingi sohada o'rta miya bo'shlig'idan hosil bo'lgan miya suv yo'li — aqueductus cerebri ga davom etadi va III qorincha bo'shlig'i bilan aloqa bog'laydi. IV qorinchaning pastki sohasida esa, qorincha orqa miya markaziy kanali bilan tutashadi.IV qorincha bo'shlig'i bosh miyaning subaroxnoidal bo'shlig'i bilan ham aloqa bog'laydi: qorincha chodirining cho'qqi sohasidan — apertura mediana ventriculi quarti ochilsa, rombsimon chuqurchaning yon cho'ntaklari sohasidan — apertura lateralis ventriculi quarti boshlanadi. IV qorinchaning tubi va tom qismlarini ajratish mumkin. To'rtinchi qorinchaning tomi — tegmen ventriculi quarti deyilsa uning tubini rombsimon chuqurcha — fossa rhomboidea tashkil etadi. IV qorincha tom qismida chodir—fastigium ko'rinadi Qorinchaning tom qismida yuqori va pastki chodirlar bo'ladi. Y uqori chodir — velum medullare superius miyachaning yuqori oyoqchalari orasida joylashadi. Bu sohada yuqori oyoqchalarning yuganchasi frenulum veli medullaris superior bo'ladi. Sezuvchi nerv o'zaklari bo'lgan VIIIjuft bosh miya nervi lateral cho'ntaklar sohasida joylashadi. Faqat harakat o'zaklariga ega bo'lgan VI, XIIjuft bosh miya nervlari o'rta egat atrofidan boshlanadi. Bu nervlar orasida esa vegetativ o'zagi bo'lgan VII, IX, Xjuft nervlar hujayralari joylashadi. Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling