1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
Yelka chigali.Uning qisqa tarmoqlari
Download 42.92 Kb.
|
1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.Yelka chigali .Uning uzun tarmoqlari
16.Yelka chigali.Uning qisqa tarmoqlari. Yelka chigali — plexus brachialis bo'yinning 5-8 segmentlarining (S-V-S-VIII) oldingi tarmoqlari hamda I ko'krak segmentining (Th — I) oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Chigaldan uch to'plam: lateral, medial,orqa to'plam (tutam) nerv guruhlari ajraladi. Yelka chigalida o‘mrov suyagining ustki — pars supraclavicularis va osti — pars infraclavicularis qismlari bo'ladi.Yelka chigalining — pars supraclavicularis tarmoqlari.1. N. dorsalis scapulae — kurak suyagining ichki qirrasi bo'ylab yo'nalib,harakat tarmoqlaridan tashkil topib, m. levator scapulae, m. m. rhomboideus major et minor mushaklarini innervatsiya qiladi.2. N. thoracicus longus — harakat tarmoqlari bo'lib, oldingi tishsimon mushak — m. serratus anterior bo'ylab yo'naladi va shu mushakni innervatsiyalaydi.3. N. suprascapularis — kurak suyagidagi incesura scapulae o'ymasi orqali fossa supraspinata sohasida paydo bo'ladi. Bu nerv m. supraspinatus,m. infraspinatus mushaklarini va yelka bo'g'imi kapsulasini innervatsiyalaydi.4. N. n. pectorales medialis et lateralis — harakat tolalaridan iborat bo'lib,ko'krakning katta va kichik mushaklari — m. pectoralis major et minorlarni innervatsiyalaydi.5. N. subclavius — harakat tolalaridan tashkil topib, o'mrov osti mushagi — m. subclavius ni innervatsiyalaydi.6. N. n. subscapulares harakat tolalaridan tashkil topib, kurak osti mushagi — m. subscapularis, katta yumaloq mushak— m. teres major Iami innervatsiyalaydi. Bu nervdan ajraladigan tarmoq — n. thoracodorsalis orqaning serbar mushagi — m. Iatissimus dorsi ni innervatsiya etadi.7. N. thorocodorsales — k o 'krakning orqa nervi. Kurak suyagining tashqi chekkasi b o ‘ylab yo'nalib,orqaning serbar mushagi — m. Iatissimus dorsi ni innervatsiya etadi. Bazan bu nerv qoltiq nervi — n. axillaris dan ajraladi.
17.Yelka chigali.Uning uzun tarmoqlari.Yelka chigalining o'm rov osti qismi — pars infraclavicularis dan chiqadigan tarmoqlar.1. N. axillaris — qo'ltiq osti nervi aralash guruh nerv tolalariga ega. Yelka sohasidagi to rtburchak teshik foramen quadrilaterum orqali o'tadi.Bu nervning harakat tolalari rami muskularis deltasimon mushak ,kichik yumaloq mushakni innervatsiyalaydi.Sezuvchi tolalar esa yelka bo'g'imi kapsulasini, hamda yelkaning terisini innervatsiyalaydigan — n. cutaneus brahi lateralis superior tarmoqlarini ajratadi.2. N. cutaneus brahii medialis — yelka sohasining medial terisini innervatsiya etadigan sezuvchi tolalardan tashkil topgan.3. N. cutaneus antebrachii medialis-bilak sohasidagi medial terini innervatsiya etadigan sezuvchi tolalardan tashkil topgan. Oldingi — r. anterior va orqa — r. posterior shoxlarga ajraladi.4. N. musculocutaneus — mushak — teri nervi — aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Harakatlantimvchi nerv tolalari yelkaning oldingi guruh mushaklari: m. coracobrachialis, m. biceps braqii, m. brachialis larni innervatsiya etadi. Sezuvchi tolalari — n. cutaneus antebrahii lateralis bilak sohasining lateral terisini va kaft terisining — thener sohasini innervatsiyalaydi.5. N. ulnaris — tirsak nervi — aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nerv yelka sohasida tarmoq ajratmaydi.a) rami articulares — tirsak bo'g'imini sezuvchi tolalar bilan ta’minlaydi;b) rami muscularis— harakat tolalaridan bo'lib, bilakning oldingi yuzasidagi m. flexor carpi ulnaris hamda m. flexor digitorum profundus mushaklarini innervatsiyalaydi;d) ramus superficialis — V barmoq asosidagi — hypothener terisini innervatsiya etadi;e) ramus profundus — harakat tolalaridan tashkil bo'lib, hypothener sohasidagi mushaklami: m. flexor digiti minimi, m. abductor digiti minimi,m. m. interossei; III va IV m. m. Iumbricale ni; thener sohasidagi — m.flex o r pollicis blevis ning chuqur boshchasini; m. adductor pollicismushaklarini innervatsiya etadi;f) ramus palmaris n. ulnaris — aralash tarmoqlami saqlaydi. Kaft yuzasi va tarmoqlari — m. palmaris blevis mushagini innervatsiyalaydi. Sezuv tolasi-n. digitalis palmares proprii — 1,5 barmoq, jimjiloq (V) va IV barmoq terisining ichki yuzasini innervatsiya etadi.g) ramus dorsalis n. ulnaris — sezuvchi tolalardan hosil bo'lib, n.n.digitales dorsales qo'1 panjasining orqa yuzasi sohasida V, IV barmoq terisini va III barmoqning ichki yuzasini innervatsiya etadi (2, 5 barmoq terisini).6. N. medianus — aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nerv yelka sohasida tola chiqarmaydi.Oraliqdagi nerv — n. medianus medial va lateral ildizlardan — radix medialis et lateralis n.medianus sifatida boshlanadi. BilaJc sohasida oldingi Tirsak nervining bilak sohasidagi tarmoqlari: oraliq nerv — n. interosseus antebrachii anterior tarmog'ini ajratadi. Bu n erv d an b ilak so h asid a — rami muscularis — harakat tolasi chiqadi. Bu tolalar bilakning oldingi guruh mushaklari: m. pronater teres; m. palmaris longus; m.flexor carpi radialis;m. flexor digitorium superficialis; m. flexor pollicis longus; m. pronator quadratus larni innervatsiya etadi.Kaft sohasida ramus palmaris n. mediani tarmog‘i ajraladi. Bu tarmoq aralash bo‘lib, sezuvchi tolalari umumiy barmoq nervi — n.n. digitales palmares proprii barmoqlaming xususiy nervi sifatida kaft yuzasidagi I, II, III barmoqlar va IV barmoqning lateral terisini (3,5 barmoq terisini) innervatsiya etadi. Harakat tolalari esa kaftning thener guruhidagi: m. abductor pollicis blevis; m.opponens pollicis; I, II m. Iumbricalis mushaklarini innervatsiya etadi.7. N. radialis — bilak nervi aralash tolalar saqlaydi. Yelka sohasida harakat tarmoq — rami musculares yelkadagi orqa guruh mushaklari m. triceps va m. anconeus larni innervatsiya etadi.Yelka sohasida ajraladigan sezuvchi tarmoqlar: n. cutanei brachii posterior et lateralis inferior yelkaning orqa va pastki-lateral terisini innervatsiya etadi.Bilak sohasidagi sezuvchi tola — n. cutaneus antebrachi posterior bilakning orqa terisini innervatsiya etadi. Bilak sohasidagi r. profundus shoxidan ajralgan n.interosseus antebrachii posterior va rami muscularis harakat tolalari bilakning orqa guruh mushaklarini innervatsiya etadi. Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling