1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
Dumg'aza chigali qisqa tarmoqlar
Download 42.92 Kb.
|
1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
19.Dumg'aza chigali qisqa tarmoqlar — plexus sacralis V bel segmentining oldingi tarmog'i dumg'aza va dum segmentlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Chigaldan qisqa va uzun tarmoqlar ajraladi.Qisqa tarmoqlar:1.Rami muscularis — harakatlantiruvchi tolalardan hosil bo'lib, chanoqning ichki guruh mushaklar: m. piriformis; m. obturatorius internus; m. m. gemelli; m. quadratus femoris; m. levator ani; m. coccygeus larni innervatsiya etadi. Har bir mushak uchun alohida tarmoq chiqib, va u n.musculi obturatorii interni, n. musculi piriformis, n.musculi quadrati femoris deb ataladi.2. N. gluteus superior — harakatlantiruvchi nerv tolasidan hosil bo'ladi. Bu nerv chanoqdan foramen suprapiriforme teshigi orqali chiqib, dumba mushaklari: m. gluteus medius, m. gluteus minimus hamda sondagi m. tensor fasciae latae larni innervatsiya etadi.3. N. gluteus inferior dumbaning ostki nervi chanog'idan foramen infrapiriforme teshigi orqali o'tadi. U dumbaning katta mushagi — m. gluteus maximus va chanoq-son bo'g'imi kapsulasini innervatsiya etadi.4. N. pudendus — aralash nerv tolalarini saqlaydigan bu nerv chanoqdan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. So'ngra n. pudendus kichik o'tirg'ich teshigi — foramen ischiadicum minor orqali kichik chanoq bo'shlig'iga qaytib kiradi va oraliq mushaklari orasida tarqaladi. Bu nervning harakat tarmoqlari m. sphincter ani externus, m. ischiocavernosus, m.bulbospongiosus, m. transversus perinei superficialis, m. transversus perinei profundus, m. sphicter urethrae mushaklarini innervatsiya etadi. N.pudendus ning sezuvchi tolalari esa to‘g‘ri ichak tashqi teshigi atrofidagi terida, yorg'oq terisida, tashqi jinsiy a’zo terilarida tarqaladi. N. pudendus dan quyidagi tarmoqlar ajraladi:a) n.n. anales inferiores — chiqaruv teshigining pastki nervlari;b) n.n. rectales inferiores — to‘g‘ri ichakning pastki nervlari;d) n.n. perineales — oraliq nervlardan mushaklarga — r.r. musculares; erkaklarda yorg'oq terisiga — n.n scrotales posteriores, ayollarda uyatli lablarga — n.n. Iabiales posteriores, erkaklarda — n.dorsalis penis, ayollarda — n. dorsalis clitoridis tarmoqlari ajraladi.Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari.1. N. cutaneus femoris posterior — sonning orqa soha terisini innervatsiya qiladi. Bu nerv sezuvchi tarmoqlardan hosil bo'ladi. Chanoq sohasidan foramen infrapiriforme teshigi orqali o'tadi. Bu nervda dumbaning pastki terisiga — n.n. clunium inferiores, va oraliq terisiga — r.r. perineales shoxlari ajraladi.2. N. ischiadicus — o‘tirg‘ich nervi. Bu nerv chanoq bo‘shlig‘idan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. U sonning orqa guruh mushaklari orasidan yo'nalib, tizza osti chuqurchasi sohasida ikki tarmoqqa ajraladi: I) katta boldir nervi — n. tibialis; 2) umumiy kichik boldir nervi — n. peroneus communis.
Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling