1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
Bel chigali — plexus lumbalis
Download 42.92 Kb.
|
1 Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n craniales
18. Bel chigali — plexus lumbalis XII ko‘krak segmentining oldingi tarmog'i, I-IV bel segmentining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Bel umurtqalari sohasidagi bu chigal — m. psoas major katta bel mushagi ichidan o'tadi. Bel chigali tarmoqlari:1. Rami muscularis bel sohasidagi mushaklami: m. psoas major et minor, m. quadratus lumborum, m. intertransversarei laterales lumborummushaklami innervatsiya qiladi.2. N. iliohypogastricus — aralash tarmoqlardan hosil bo'ladi.Harakatlantimvchi tarmoqlar qorinning ko'ndalang va qiyshiq mushaklari-m. transversus abdominis, m. obliquus externus abdominis, m. obliquus internus abdominis, m. pyramidalis larni innervatsiya qiladi. Nervning sezuvchi tarmoqlari dumba sohasining yuqori terisida, chov kanali va qorin terisida tarqaladi. Bu nerv qorinning oldingi devorida lateral — r.cutaneus lateralis va oldingi — r. cutaneus anterior teri shoxlariga ajraladi.3. N. ilioinguinalis — aralash nerv tolalarini saqlaydi. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalar qorin mushaklarida tarqaladi va m. obliquus externus abdominis, m. transversus abdominis, m. obliquus internus abdominis, m. pyramidalis larni innervatsiya etadi. Uning sezuvchi tolalari chov kanali ostidagi terida, qov sohasi, yorg'oq yoki katta uyatli lablar terisida tarqaladi. Erkaklarda yorg‘oq terisi nervi — n.n. scrotales anteriores, ayollarda esa —- n.n. Iabiales anteriores deyiladi.4.N. genitofemoralis — aralash nerv tolalaridan iborat. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalari moyakni ko'taruvchi mushak — m. cremaster ni innervatsiyalaydi. Nervning sezuvchi tolalari ikki tarmoqqa ajraladi: ramus femoralis tarmog'i son old yuzasining chov boylami osti terisini innervatsiyalasa; ramus genitalis tarmog‘i esa tashqi jinsiy a’zolar terisida tarqaladi.5. N. cutaneus femoris lateralis — sezuvchi tarmoqlardan hosil bo‘lib, sonning lateral terisini innervatsiya etadi.6. N. femoralis aralash tarmoqlarni saqlaydi. Bu nerv chanoqdan son sohasiga m. iliopsoas bilan birgalikda mushak tirqishi — lacuna musculorum orqali o‘tadi. Rami muscularis tarmog‘i sonning I . oldingi guruh mushaklarini: m.quadriceps femoris, m. sartorius, qisman m. pectineus larni inervasiya etadi. Rami cutanei anteriores A \ tarmog‘i esa sonning oldingi yuzasining terisini innervatsiya etadi. Sezuv tarmoqlarining yana biri — n. saphe- nus deb atalib, bu nerv canalis ad ductorius orqali o‘tib, tizza sohasining terisini hamda boldirning oldingi medial terisini innervatsiya etadi va — r. infrapatellis hamda — r.r. cutanei cruris mediales shoxlariga bo'linadi.7. N. obturatorius — yophich nervi shu nomli kanaldan o'tib, aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nervning harakat tolalari sonning medial guruh mushaklari: m. adductor longus, blevis, magnus; m. gracilis va qisman m. pectineus larni innervatsiya etadi.Nervning sezuvchi tarmoqlari esa sonning medial soha terisini innervatsiya qiladi.Yophich nervi oldingi — ramus anterior va orqa — ramus posterior shoxlarga ajraladi. Oldingi shoxdan — r. cutaneus va — r.r. muscularis tarmoqlari, orqa shoxdan — r.r. musculares va — r. articularis — tizza bo'g'imiga tarmoqlari ajraladi
Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling