1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yondashuv


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 312.31 Kb.
bet3/13
Sana19.06.2023
Hajmi312.31 Kb.
#1608204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12 talik mavzu 7

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o`qitish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o`qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o`qitishning metod va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.

  • Boshlang`ich sinf matematikasiga qo`yilgan talablarni o`rganish;

  • Induksiya, deduksiya va analogiya usulidagi masalalarning ta’lim jarayonidagi rolini aniqlash;

  • Masala ustida ishlash metodikasini o`rganish;

  • Masala ustida ishlash metodikasiga noan’anaviy yondashishlar tahlili;

  • Masalani yechishda boshlang`ich sinf o`quvchilari tafakkurining rivojlanish darajasini va imkoniyatlarini aniqlash;

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar:
- Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o`qitishni dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslab berilsa;
- Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullarini shakllantirishning nazariy jihatlari ishlab chiqilsa;
- Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullari aniqlansa hamda bundan amaliyot jarayonida foydalanilsa, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish mumkin
Bitiruv malakaviy ishining metodlari analiz, sintez, umumlashtirish va konkretlashtirish metodlari ishlatildi, fikr va mulohazalar umumlashtirildi hamda xulosalarga kelindi.
Bitiruv malakaviy ishining yangiliklari va ahamiyati - Induktiv usullar texnik qurilmalarni o`rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo`llaniladi. Matematika va fizikaga doir ko`pgina masalalar, ayniqsa o`qituvchi o`quvchilarni ayrim umumiyroq formulalarni mustaqil egallashlariga olib kelish zarur deb hisoblagan hollarda, induktiv usul vositasida yechiladi.
Deduktiv usul o`quv materialini o`tishga yordam beradi, tafakkurni birmuncha faolroq rivojlantiradi. Nazariy materialni o`rganishda, anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulini qo`llash ayniqsa foydalidir.

Download 312.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling