1. Boshlovchi:
Biz o‘zbek yoshlari, Vatan yoshlari,
Vatan taqdiriga taqdirdosh nasl.
Millatning bir jon-u bir tan yoshlari,
Buyuk kelajakka daxldor, mas’ul!
Mardona-mardona tashlaylik qadam,
Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!
1. Boshlovchi:
Assalomu aleykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar va talaba-yoshlar.
Xorazm viloyatida “Biz bir bо‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat marafoni” loyihasi o‘tkazilmoqda. Shu doirada Universitetimiz “Onamdayin mehribon Vatan” shiori ostida tashkil qilingan ajoyib bayram tadbirimizda barchangizni xush ko‘rdik.
1. Boshlovchi:
Ota-bobolardan jasorat meros,
Barhayot shonlari, ular kimniki?
Nomusi, vijdoni, e’tiqod-ixlos,
Barchasi bizniki, barchamizniki!
Mardona-mardona tashlaylik qadam,
Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!
1. boshlovchi:
Ona O‘zbekiston yo‘li porloq, oq,
O, uning ertasi o‘zimizdadir.
Abadiy porlasin muqaddas bayroq,
El-yurtga qo‘limiz ko‘ksimizdadir!
Mardona-mardona tashlaylik qadam,
Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!
1. boshlovchi:
Isming aytib uyg‘onadi, Chuchuk jilg‘alar
Sunbulalar tonglaringdan, Taqar sirg‘alar
Kiprigimda yog‘dularing, Solar jilvalar
Tilagimning gulisan sen, Gullagan Vatan
1 boshlovchi:
Seni desam yuragimda, Ochilar gullar
Yomg‘ir bo‘ib samolardan, Sochilar gullar
Daryolardan, sahrolardan, Sochilar gullar
Yuragimning gulisan sen, Gullagan Vatan
1 – boshlovchi:
Xushbo‘y-xushbo‘y olmalarda, Jannat havosi
Tog‘laringning bag‘rida ming, Dardning davosi
Shudir, axir, bir insonning, Umr safosi
Yuragimning gulisan sen, Gullagan Vatan
1 boshlovchi:
Hovuch-hovuch, zilol-zilol, Suvingdan ichdim
Mehring qanot bo‘ldi, moviy, Ko‘klarda uchdim
Yana qaytib senga keldim, Tuprog‘ing quchdim
Tilagimning gulisan sen, Gullagan Vatan
1. boshlovchi:
Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval
Baxsh etsin har kimga oliy saodat
1. boshlovchi:
Yoshlik – bu karvonning erka noridir
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof
Yoshlik – kelajakning xaloskoridir
Sira tark etmasin yoshlikni insof
Do'stlaringiz bilan baham: |