1-boshlovchi
Yangi elementlarga rasmiy nom berilishi
Download 0.57 Mb.
|
Atom fizikasi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flerovium (Fl)
- II BOB. BIRINCHI TRANSURAN ELEMENT NEPTUNIY
1.3 Yangi elementlarga rasmiy nom berilishi
Olamda mavjud barcha moddalar elementlar atomlaridan tashkil topgan. Elementlar atomlari esa oʻz fizik-kimyoviy xossalariga koʻra kimyoviy elementlarning Mendeleev davriy jadvalidan joy olishgan. XX asr boshlarigacha tabiatda tabiiy holda uchraydigan eng ogʻir element uran edi. Ammo, keyinchalik, yadro fizikasining rivojlanishi transuran elementlarining kashf etilishiga va elementlarning yangidan-yangi izotoplarining yaratilishiga yoʻl ochib berdi. Kashf etilgan elementlarni umumiy va yagona tamoyillar asosida unifikatsiyalash, ularga norasmiy va rasmiy nom berish Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi (The International Union of Pure and Applied Chemistry – IUPAC) tashkiloti zimmasiga yuklatilgan. Bundan olti yil oldin, aniqrogʻi 2011-yilning 3-dekabrida Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi bayonot tarqatib, unda 114-elementi Rossiya Federatsiyasining Dubna shahrida joylashgan Flerov nomidagi Yadro reaksiyalari laboratoriyasi va shu laboratoriya asoschisi G.N.Flerov sharafiga Flerovium (Fl), 116-elementi esa Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Lourens Livermore Milliy Laboratoriyasi joylashgan Livermore shahri sharafiga Livermorium (Lv) nomlari berilganini ma’lum qilgan edi. Oʻtmishga aylanib ulgirgan 2016- yil ham kashf etilgan yangi elementlarning norasmiy va rasmiy nomlari bilan Mendeleyev davriy jadvalidan joy olishi tufayli esda qolarli yil boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Aynan 2016- yilning 8- iyun kuni IUPAC o’z veb sahifasi orqali 113, 115, 117 va 118 tartib raqamlariga ega yangi elementlarga, mos ravishda, “ununtrium”, “ununpentium”, “ununseptium” va “ununoctium” deb norasmiy nom berganini e’lon qilgan edi. Yangi kashf etilgan elementlarga rasmiy nom berish uchun yirik olimlar, yetakchi tadqiqotchilar va soha mutaxassislarining ochiq va oshkora muhokamasi tashkil etiladi. An’anaga muvofiq kashf etilgan elementga birinchi navbatda uni kashf etgan olim nomi, ilmiy jamoa nomi, olim yoki ilmiy jamoa joylashgan mamlakat nomi bilan bogʻliq nom berilishi tarixdan ma’lum. Masalan, 84- element Polsha mamlakati nomi bilan poloniy deb atalsa, 99- element mashhur fizik-nazariyotchisi A.Eynshtein nomi bilan eynshtenium deb atalgan. Yadroviy tadqiqotlarning birlashgan instituti joylashgan Dubna (Rossiya Federatsiyasi) shahri nomi esa shu institutda kashf etilgan 105- elementga dubnium shaklida berilgan.
Hozirgi davrda ham, dunyoning ilgʻor mamlakatlarining ilmiy-tadqiqot maskanlarida ogʻir ionlar fizikasi boʻyicha va yangi elementlar ixtirolari ustida toʻxtalmay izlanishlar davom etmoqda. Kimyoviy elementlarning davriy jadvalidan koʻrinish II BOB. BIRINCHI TRANSURAN ELEMENT NEPTUNIY NEPTUNIY (Neptun planetasi nomidan olingan; lotincha Neptunium), Np — sun'iy radioaktiv kimyoviy element; aktinoidlar oilasiga mansub. Tartib raqami 93, massa sonlari 227—241 ga teng bo‘lgan 15 ta izotopi ma'lum. Eng barqaror izotopi , atom massasi- 237,0482. Amerika olimlari E. Makmilan va F.Ey-blson topgan (1940). Neptuniy bog‘lanuvchan, kumush rangli yumshoq metall, zichligi , suyuqlanish temperaturasi 640°, qaynash temperaturasi 4082°. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling