57 Balans passivida mablagʻlar qanday guruhlanadi va haqida ma’lumot bering?
Balans passivida mablag’lar manbalari quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan:1-bo’lim. O’z mablag’lari manbalari; 2-bo’lim. Majburiyatlar. Balans passivining birinchi bo’limida o’z mablag’lari aks ettirilib, ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan:ustav sarmoyasi; qo’shilgan kapital; zaxira sarmoya; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar); maqsadli tushumlar va fondlar; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak davrlar daromadlari.Oxirgi ikkita modda oldingi yillar balansida qisqa muddatli majburiyatlar sifatida 3-bo’limda ko’rsatiladi. Aslida esa bu mablag’lar o’z mablag’lariga kiritilishi kerak.Balans passivining ikkinchi bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha mablag’lar ko’rsatilgan.Bu majburiyatlar uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlar, olingan kreditlar, shuningdek, turli kreditorlik qarzlari bo’lishi mumkin.Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga (yil boshi va oxiriga) bo’lgan xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini izoh berish (rasshifrovka qilish) uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutiladi.
58 Xoʻjalik muomalalari taʼsirida balansda sodir boʻladigan 1-tip oʻzgarishni haqida ma’lumot bering? A+ A-; birinchi turdagi xo’jalik operatsiyalari faqat balans aktivida o’zgarishni keltirib chiqaradi, balansning umumiy summasi (valyutasi) o’zgarmaydi. Balans o'zgarishining birinchi turini tenglama bilan yozish mumkin: A + X - X \u003d P, qaerda VA - aktiv; P - majburiyatlar; X - xo'jalik operatsiyalari ta'sirida mablag'larning o'zgarishi. Ushbu turga quyidagilar kiradi tashkilotning kassasidan yoki qarzdorlardan joriy hisobvarag'iga pul tushumlari, kassadan hisobdor shaxslarga pul berish, hisobdor shaxs tomonidan sarflanmagan mablag'ni kassaga qaytarish, materiallarni ombordan ishlab chiqarishga chiqarish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga qabul qilish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |