3.Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar hisobi
Doimiy xarajatlar — bu ijara tolovi, qorovullik xizmati tolovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat boladi va ishlab chiqarish xajmiga bogliq bolmaydi.
O’zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilgI, elektr energiya, ish haqi va shunga oxshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (OIH) bilish muhimdir. Ortacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bolish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yosinda ortacha doimiy (ODX) va ortacha ozgaruvchan (OOX) xarajatlar farqlanadi.?????????????????????????????????????????????
4.Boshqaruv hisobini tashkil etish
korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikki tizimi mavjud:
— avtonom;
— integratsiyalashgan.
Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularni kompyuterlashtirilish darajasi korxonaning yagona hisob yuritish siyosatida belgilab qo'yiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari
aniq belgilangan boVladi. Bunga ko‘ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100 — «Sotilgan mahsulot (tovar, ish,xizmatjlar tannarxi hisobi schotlari», 9400 — «Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schotlardan foydalaniladi
Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizim ida 9910—«Yakuniy moliyaviy natija» schotida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija maijinal foyda va daromad ko‘rinishida hisobga olinadi. Moliyaviy hisobda 9910 — «Yakuniy moliyaviy natija» schotida balans foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan
foyda, balki boshqa faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda tovar-moddiy zaxiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o ‘tkazilgandan so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |