5.Mehnat xarajatlari hisobi
Ishchi kuchi xarajatlarini hisobga olish maqsadi – barcha ishchilar faoliyatining har birturiga sarflagan vaqtni buyurtmaning alohida kartochkasida yoki tabelda qayd etish va shunga muvofiq soatboy stavkani qo’llashdir.
Buyurtmaning hisob kartochkasi – bu aniq bir bajarilgan ishga sarflangan vaqt yozuvidir. Odatda u ishchi kuchining qiymatini ko’rsatadi
Ishga qatnashish tabeli – bu ishchi ish vaqtini sarflagani to’g’risidagi yozuvdir
Ishga qatnashish tabeli qo’llanilgan hollarda band bo’lmagan ish vaqti to’la ochilmay qoladi
Mehnatga haq to’lashning quyidagi shakllari mavjud:
Boshqaruv hisobida mehnat haqqi harajatlari 2 ga bo’linadi: 1-tog’ri ish haqqi 2-bivosita ish haqqi
Bekor turish vaqtini ish vaqtidan tashqari ishlash vaqti va mukofotlar xaqlarini xishobga olish:
Band bo’lmagan ish vaqti yoki bekor turgan vaqt – bu unumsiz, lekin haq to’lanadigan vaqtdir.
Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo’lish mumkin bo’lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo’yicha sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan chiqarilishi kerak
Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo’lmaydigan yoki muqarrar xarajatidir
to’satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang’ich ish tashlashdan kelib chiqadi
Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ma’lum davr bo’lib, unga odatda ustama sifatida haq to’lanadi
Mukofot haqiasosiy xodimlarga va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlari uchun to’lanadi, unga oddiy ishlab chiqarish xarajati deb qaraladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |