1. Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar


Download 22.72 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi22.72 Kb.
#1392621
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Muammoli maqsad. sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin kupaytirish:
• maxsulotga bulgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
• ko‘p omilli korrelyasion-regrission taxilni amalga oshirishni;
• eng maqbulqarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion maqsadlar — bu yangi maxsulotni ishlab chikarish, yangi texnologiyani joriy kilish bo’yicha qo‘yiladigan uchinchi guruxdagi maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sinovdan o‘tkazishni ta’minlash".
Boshqaruv funksiyalari boshqaruv faoliyatining maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv nazariyalarida uning quyidagi funksiyalari ajratib ko`rsatiladi:
- boshqaruv obyektiga oid axborotlarni yig`ish, saqlash, tizimga solish va qayta ishlash;
- yig`ilgan axborotlarni operativ va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etish;
- joriy va istiqbolli rejalashtirish;
- korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
- nazorat va tartibga solish.
Ushbu funksiyalar doirasida boshqaruv vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
· qisqa va uzoq muddatli davr uchun korxonaning maqsadlari hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
· ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish;
· moddiy-texnika ta’minotining uzluksizligini ta’minlash;
· raqobat muhitida korxonaning yashovchanligini ta’minlovchi moliyaviy va marketing faoliyatini tashkil etish;
· mehnatni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish;
· korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli hamda samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar.
Download 22.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling