1. Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar
Download 22.72 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion maqsadlar
- Boshqaruv funksiyalari
Muammoli maqsad. sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin kupaytirish:
• maxsulotga bulgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni; • ko‘p omilli korrelyasion-regrission taxilni amalga oshirishni; • eng maqbulqarorlar qabul qilishni taqozo etadi. Innovatsion maqsadlar — bu yangi maxsulotni ishlab chikarish, yangi texnologiyani joriy kilish bo’yicha qo‘yiladigan uchinchi guruxdagi maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo‘lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sinovdan o‘tkazishni ta’minlash". Boshqaruv funksiyalari boshqaruv faoliyatining maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv nazariyalarida uning quyidagi funksiyalari ajratib ko`rsatiladi: - boshqaruv obyektiga oid axborotlarni yig`ish, saqlash, tizimga solish va qayta ishlash; - yig`ilgan axborotlarni operativ va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etish; - joriy va istiqbolli rejalashtirish; - korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish; - nazorat va tartibga solish. Ushbu funksiyalar doirasida boshqaruv vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: · qisqa va uzoq muddatli davr uchun korxonaning maqsadlari hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; · ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish; · moddiy-texnika ta’minotining uzluksizligini ta’minlash; · raqobat muhitida korxonaning yashovchanligini ta’minlovchi moliyaviy va marketing faoliyatini tashkil etish; · mehnatni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish; · korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli hamda samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar. Download 22.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling