1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv


Download 77 Kb.
bet1/7
Sana08.02.2023
Hajmi77 Kb.
#1177110
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH


REJA:

1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi

2. Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv

strukturalarining tashkiliy turlari

3 Chiziqli (pog’onali) struktura

4. Chiziqli–shtabli struktura

5. Funktsional struktura

6. Dasturli-maqsadli struktura

7. Matritsali struktura

8. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi



1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi


Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq strukturasini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.


Korxonaning boshqaruv strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv strukturasi ishlab chiqarish strukturasi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi.
Boshqaruvning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi, ob’ekti va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’g’indir. Masalan:

Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka


Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.


Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling