1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv


Download 77 Kb.
bet5/7
Sana08.02.2023
Hajmi77 Kb.
#1177110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH

6. Dasturli-maqsadli struktura


Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga ko’chadigan bo’lsa:



  • materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;

  • mehnat me’yorlarini qayta ko’rib chiqish;

  • turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;

  • etkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish;

  • yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.

Yuqoridagi vazifalarini turli xizmat bo’linmalari bajaradi, ular bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko’pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funktsional xizmatlar o’rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa baxs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishining muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan, aniqrogi, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli strukturasi quyidagi ikki ko’rinishda bo’ladi: loyiha bo’yicha va mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Loyiha bo’yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy qilish zaruriyatida tug’ilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik mahsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo’yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo’laklarga ajratadi yoki to’ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funktsional xizmatlari va bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to’la javobgar bo’ladi.
Bunday boshqaruv ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Loyiha rahbari mahsus vakolatga ega bo’lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar o’rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o’z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo’lib, ularga bo’ysunadi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv strukturasining afzalligi axborotlar-ning kelish yo’llari va oqimining qisqarishida, yakkaboshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishida, boshqaruvning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan halos qilishda namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling