1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv


Download 77 Kb.
bet3/7
Sana08.02.2023
Hajmi77 Kb.
#1177110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH

3 Chiziqli (pog’onali) struktura


Chiziqli (pog’onali) struktura boshqaruv strukturasining eng sodda turi hisoblanadi.


Bunda boshqaruvning hamma funktsiyalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga o’zlarining bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Chiziqli strukturaning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Chiziqli strukturaning ijobiy tomonlari:

  • o’zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi:

  • yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;

  • bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;

  • bosqichlar soni kam bo’ladi;

  • boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi;

  • vazifalar tez hal etiladi;

  • butun tizim samarali ishlaydi;

  • xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar.

Chiziqli strukturaning salbiy tomonlari:

  • bunday struktura oddiy masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini echish ancha qiyin kechadi;

  • bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar;

  • bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli bo’ladi, bunga sabab, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’lishidir.

Boshqaruvning chiziqli strukturasi uncha murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar xajmi kam bo’lganda o’zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko’lamining kengayib borishi boshqaruv funktsiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o’rniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqazo etadi.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling