1. Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati
Download 1.71 Mb.
|
javoblar
2-javob: Xalqaro mehnat taqsimoti - ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini i.ch.ga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotit.ning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20-asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila "jahon qishloqlari"ga, Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari "jahon shaharlari"ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ning bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi. Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotit.da tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir. Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar i.ch.ning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotit.ning ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar i.ch.ga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i.ch.ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar i.ch.ga ixtisoslashgan).
Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini, shakllarini amalga oshirishni belgilovchi mezonlardir. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish davlatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining shakli bo‘lib, u bir turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni mamlakat ichki iste’molidan ortib ishlab chiqarishni markazlashgan asosda o‘sib borishi tushuniladi. Qaysikim, alohida davlatlar konkret tovarlar va xizmatlar (an’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati, kadrlar malakasi, tabiiy resurslar, milliy daromad darajasi, ichki bozor hajmini kengaytirish, mavjud va yangi iqtisodiy aloqalar bilan) ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirishning asosiy turlariga buyumlar (tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish), detallar (alohida qismlar va komponentlar ishlab chiqarish) va texnologik (ayrim texnologik jarayonlar va operatsiyalarni amalga oshirish) jarayonlari kiradi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling