1. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi (strukturasi) va uning mazmuni


Tashkiliy tuzilma (struktura)lar turlari


Download 109.34 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi109.34 Kb.
#1145300
1   2
Bog'liq
5-mavzu

2. Tashkiliy tuzilma (struktura)lar turlari

Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog`liqlikka ega va qonuniyatlarga bo`ysunadi.


Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi.

CHiziqli Funktsional



Р

Ф2

Ф1



Б1

Б2

Ф5

Ф4

Ф3


yayafShayayaw

У1

У2

CHiziqli shtabli CHiziqli funktsional



Р1

Ф2

Ш

Ф1

Р





Ф4

Ф2

Р2

Ф1


1,1

3,1

2,1

1,1

1,1

У4

У3

У5

У2


У1


19-chizma. Tashkiliy tuzilmalarning turli ko`rinishlari

SHartli belgilar: R - rahbar, B – boshliq, U - usta, F - funktsional rahbar, SH - shtab, 1,1; 1,2; 1,3 - funktsional bo`limlar.


CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`g`inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita bo`ysunishi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo`ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog`langan bo`ladi. CHiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamharjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi.
CHiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu masalalar echilishi oson bo`lgan hollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik korxonalarda qo`llaniladi.
CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`g`inlar koordinatsiyasi puxta bo`lmaydi. Rahbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysinuvchi barcha bo`g`inlar faoliyatining hamma tomonini kamrab olishi lozim.
Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`g`inlar va rahbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog`liq holda vujudga kelgan.
Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`g`inlar soni ortishi bilan har bir bo`g`in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati har bir bo`g`in o`z masalasini birinchi navbatda hal qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta ham bo`g`in bu masalani etarli darajada asoslangan holda va to`g`ri hal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq bo`lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
CHiziqli tuzilmani tashkil etish va funktsional tuzilmaning kamchiliklari qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo`g`inga ega har bir bo`g`inida ayrim muhim muammolar bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi. Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari ham ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir.
CHiziqli-funktsional tuzilmada, funktsional zvenolar quyi turgan bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular bu ishni kompetentsiyasiga taalluqli bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha amalga oshiradilar. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo`limi tsex boshlig`iga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq berishi mumkin. Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda hisob va hisobotni yaxshilash bo`yicha va h.k. CHiziqli funktsional tuzilmasining ustunligi uning boshqaruv printsiplarini buyruq berishning yagonaligi printsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik tuzilmada aloqalarning murakkab tiplari yuzaga keltiradi: loyiha bo`yicha boshqarish; matritsali tuzilma va boshqalar.
Loyiha bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi bilan bog`liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyihaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiha bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi.
Matritsali tuzilma chiziqli va loyiha bo`yicha boshqaruv tuzilmalarining birlashtirilishi natijasida quriladi. Bunda chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi, loyiha bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo`yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va hokazolar tashkil qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali tuzilmasida loyiha yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga quyilgan masalalar maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha rahbarning ma`suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha rahbarning ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada kiskartirishga, boshqaruvning har-xil darajalari va har bir zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funktsiyalarini aniq ajratish, xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi.
Download 109.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling