1 bosqich 22. 02 guruh talabasi turg’unboyeva gulnihol botanika fanidan mustaqil ish bug’doydoshlar yoki qo’NG’irotboshdoshlar oilasi


Bambukdoshlar kichik oilasi – Bambucaidae


Download 0.69 Mb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1425046
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUG’DOYDOSHLAR YOKI QO’NG’IROTBOSHDOSHLAR OILASI

2. Bambukdoshlar kichik oilasi – Bambucaidae

Bu oilacha vakillari eng qadimiy daraxtsimon o'simliklardan iborat. Unga 100 turkum va 600 dan ko'proq tur kiradi. Ular tropik va subtropik hududlarda, ayniqsa Osiyoda yovvoyi va madaniy holda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda yovvoyi holda uchramaydi.


Bambuklar bo'yi 40 m ga, diametri 30 sm ga yetadigan ildizpoyali, poyasi yog'ochlangan daraxtsimon yoki butasimon o'simliklar. Poyasi tik o'suvchi, bo'g'imli. Barglari qisqa bandli, yassi, nashtarsimon yoki tuxumsimon, har yili chiqib to'kiladi yoki bir nccha yil to'kilmaydi. To'pguli ro'vak, boshoqehasi ikki va ko'p gulli, ba’zan bir gulli. Guli ikki jinsli, changchisi 6-3 ta yoki undan ham ko'p. Urug'chi 1 ta, 3 ta. Gulqo'rg'on pardasi 3 ta. Mevasi yong'oqchasimon, rezavorsimon yoki don meva.
Uning juda baland o'sadigan turiga Bambusa dendrocalamis misol bo'ladi. U tropik va subtropik, ba’zan o'rta mintaqada ham o'sib, manzara hosil qiladi. Yovvoyi holda o`sadigan bambuklarni еrli aholi dеyarli hamma xo`jalik ishlarida ishlatadi.
3. Qo‘ng'irboshdoshlar kichik oilasi - Poaideae
Bu kichik oilaga bir yillik yoki ko'p yillik o'l o'simliklar kiradi. Poyasi ba’zan vog'ochlanadi. Boshoqchasi bir, ikki yoki ko'p gulli. Boshoqcha tangachabargi 2 ta yoki undan ko'proq. Bu oilachaning keng tarqalgan turkumlaridan biri jo'xori.
Jo‘xori (Sorghum) turkumi. Turkum bir va ko'p yillik ildizpoyali o't o’simliklardan tashkil topgan. Poyasi to'g'ri, uzun. Boshoqchasi bir juftdan joylashgan. Bandsiz, guli ikki jinsli. Boshoqcha tangachabargi 3 ta, changchisi 3 ta. O’rta Osiyoda va O'zbekistonda yovvoyi holda bir turdan iborat bir turkum tarqalgan. G'umay, alep jo'xorisi - Sorghum halepensc. G'umay ko'p yillik ildizpoyali o't o'simlik. Poyasi 50-150 sm, silliq, tuksiz, ro'vaksimon to'pgul bilan tugaydi. Ariq bo'ylarida, ekinlar orasida begona o't sifatida o'sadi. Zaharli.
Shakarqamish (Saccharum) turkumi. Bu turkum vakillari ildizpoyali, ko'p yillik o't o'simliklardan iborat, to'pguli ro'vak. Poyasining tarkibida qand moddasi juda ko'p. Tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda yovvoyi holda bitta turi - Yovvoyi shakarqamish, Qalam - Saccharum spontancum uchraydi. U ko'p yillik ildizpoyali o't o'simlik. Bo'yi 30-60 sm. Yovvoyi holda Hindistonda va O'zbekistonda tarqalgan. Asosan sernam joylarda, ko'proq daryo bo'ylarida o'sadi. Poyasining tarkibida 9 foizgacha shakar borligi tufayli undan oziq-ovqat va yem-xashak sifatida foydalaniladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling