1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar: Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?
Download 26.37 Kb.
|
1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar
Adabiyot nazariyasi – adabiyotshunoslik fanining bir bo‘limi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yo‘llarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini o‘rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy so‘z san’atining ijodiy tajri-balariga asoslanib, o‘zining barcha na-zariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy so‘z mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni o‘rganishdan keltirib chiqaradi.
Sharq adabiy-nazariy qarashlari rivojiga Abu Nasr Forobiy "Kalom fish-she’r va al-qavofi" ("She’r va qofiyalar haqida so‘z"), "Kitob fil-lug‘ot" ("Til haqida kitob"), "She’r san’ati", Ibn Sino "Uyun-al-Hikma" kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdilar.O‘zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yax-lit ma’lumotlar berilgan. O‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining alohida tarmoq sifatida shakllanishi ham XX asrda amalga oshdi. O‘zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yax-lit ma’lumotlar berilgan. Abdurahmon Sa’diyning "Adabiyot nazariyasi" asari Adabiyot nazariyasi ga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Download 26.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling