1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar: Adabiyot nazariyasi deganda nimani tushunasiz?


Download 26.37 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi26.37 Kb.
#231100
1   2   3   4
Bog'liq
1 bosqich sirtqi talabalariga oraliq nazorat uchun savollar

Adabiyotshunoslik – badi-iy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimo-iy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuni-yatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Z bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi ko‘rinishidir.A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining "She’r san’ati..." kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning "Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon" ("Bayon ilmida balog‘at sirlari") asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning "Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam" ("Ajam she’riyati me’yorlari qomusi") kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.Adabiyot tarixi yo‘nalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tari-xiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan.

  • Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham Obraz. deb yuritiladi.

  • Obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz. vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy Obrazni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. Badiiy Obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

    1. Syujet (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud boʻladi. gʻar bir adabiy turda S. oʻziga xos harakterna ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan S. tizimi yoʻq. Ulardagi histuygʻu, oʻykechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Sini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.

    Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal S. da voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defont "Robinzon Kruzo", Servantesning "Don Kixot", Oybekning "Navoiy", P. Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlari). Konsentrik S.da esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushkinning "Yevgeniy Onegin", O. Yoqubovning "Muqaddas", "Ulugʻbek xazinasi" asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi S.larning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Choʻlponning "Kecha va kunduz" asarlari).

    1. Syujet yozuvchiga asarning butun materialini biriktirishga imkon beradi. U badiiy asarning g’oyasiga nisbatan shakl hisoblansa va obrazlarning xarakteri, faoliyati, iroda yo’nalishini ifodalashi jihatidan mazmunni tashkil etadi.

    Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada hodisada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.

    Badiiy asar syujetida xarakterlar mantiqi va voqealar mantiqi bo’ladi.

    (F.M.Golovchenko va M.Qo’shjonovlarning fikri) chinakam asar san’at asari voqealar, albatta, qahramonlar xarakterini ochishga buysundiriladi.

    Prof. M.Qo’shjonov realistik asarlarda syujetning qator ko’rinishlari borligini ta’kidlaydi. Bular quyidagilar:



    Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda vakealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, A.Belyayevning «Odam-Amfibiya» qissasi, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib…» romanida syujetning shu turi mavjud.

    Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi.
    Download 26.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling