1. Brеndning tаsniflаnishi Kengaytirmali brend 3
Taniqlilik darajasi bơyicha brendlar turlari
Download 174.9 Kb. Pdf ko'rish
|
2- MAVZU. Brеnd hаqidа tushunchа vа brеndlаrning tаsniflаnishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brending obektlariga kơra brendlar turlari
Taniqlilik darajasi bơyicha brendlar turlari.
Brend har qanday hodisa kabi iste'molchilar ongiga ta'sir kơrsatish va ular xohishlarini shakllantirish imkoniyatiga ega. Kuchli brend – bu shunday brendki (strong brand), uni mazkur tovar kategoriyasi iste'molchilarining 60% yaxshi biladi boshqa markalardan ajratib oladi. Rivojlanayotgan brendni 30% dan 60% gacha iste'molchilar tanishadi va ajratishadi. Zaif brend – bu raqobatchilar orasidan 30% iste'molchilar tanib oladigan brenddir. Brending ob'ektlariga kơra brendlar turlari. Brending nazariyasining yirik mutaxassislaridan biri Linn Anshouning fikricha, brend tushunchasi an'anaviy tarzda tushunilayotgan tushunchadan ancha kengdir. U brendning bozorda ơz ơrniga ega bơlgan bir nechta tiplari mavjudligini ta'kidlab, quyidagi tasnifni taklif qiladi: 1.Tovarlar brendlari (Produkt brands) – bu bozorda paydo bơlgan brendlarning eng birinchisidir. Ular brendingning asosi, yadrosi hisoblanadi, chunki ular brendning boshqa tiplariga nisbatan miqdoriy ustunlikka ega va iste'molchilar tomonidan birinchi navbatda eslanadilar. 2.Servis (xizmat) brendlari (Service brands) - bozorda bu brendlar tovarlar brendlariga nisbatan kam, chunki kơzga kơrinib, sezish organlariga ta'sir etishi qiyin bơlgan xizmatlarni chiroyli holda taqdim qilish ancha murakkabdir. 3. Tashkilotlar brendlari (Organizational Brands) – bu korporatsiyalar, notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ta'lim muassasalarining brendlaridir. 4. Voqea-hodisalar brendlari ( Event brands) – bu doimiy ravishda sport , shou biznes va san'at olamida yuz beradigan voqea-hodisalar brendlaridir. Bu kabi tadbirlar tashkilotchilari ơz maqsadlariga kơpincha brendingning an'anaviy instrumentlaridan foydalanish orqali erishadilar. Ishlab chiqaruvchilar ơz mahsulotlarini nufuzli sport turnirini namoyish qilish vaqtidagi tanafuslarda reklama qilishga intilishadi va bu brendning bahosi hisoblanadi. 5. Shaxslar brendlari (Personal Brands) – sportchilar, xonandalar, siyosatchilar, biznesmenlar har doim ham insoniyat jamiyatida mavjud bơlishgan, ammo ular aynan bugungi kunda boshqa brendlarga ơxshab qolishdi. Ularning brend sifatidagi xususiyati shundaki, ularning mashhurligi ơz faoliya tidan tashqari juda keng sohalarga tarqaladi, sportchilar va siyosatchilar reklamada, xonandalar – kinoda suratga tushadilar, akterlar va biznesmenlar sport musobaqalari ơtkazadilar va b. 6. Geografik brendlar (Geographical brands) - bular shaharlar, mamlakatlar, kurortlardir. Brendning bu turi turistik biznesda juda ommalashmoqda. Masalan, Sent-Mortsdagi toğ-chanği kurorti, Frantsiyadagi Riv era va Seyshel orollari shunday brendlarga misol bơla oladi. Download 174.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling