1. Bu o‘rinda eng avval shuni aytish kerakki, derivatologiya fani taraqqiyoti tarixida matn derivatsiyasi va u bilan bog‘liq muammolar tadqiqi endigina boshlanmoqda
Download 21 Kb.
|
Til 2
1. Bu o‘rinda eng avval shuni aytish kerakki, derivatologiya fani taraqqiyoti tarixida matn derivatsiyasi va u bilan bog‘liq muammolar tadqiqi endigina boshlanmoqda. Jumladan, qo‘shma gaplarning sintaktik derivatsiyasi tadqiqi ba’zi monografik tadqiqotlar uchun tekshiruv ob’ekti bo‘ldi. Ammo bu ishlarda qo‘shma gaplar gap maqomida o‘rganildi. Faqat ayrim tadqiqotlardagina qo‘shma gap, xususan, bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar mikromatn maqomini taqozo etuvchi murakkab sintaktik qurilma sifatida talqin etildi[1]. Ergash gapli qo‘shma gaplar murakkab qo‘shma gaplarning matn maqomida ekanligi va shu asosda ularning derivatsion xususiyatlarini o‘rganish masalasi hali tom ma’noda tadqiqotlar kun tartibiga kiritilganicha yo‘q. MSQlar sintaktik derivatsiyasi haqida so‘z yuritilganda birinchi galda ularning turlarini aniqlab olish lozim ko‘rinadi. CHunki MSQ turlarining har biri ikkinchisidan o‘zining lingvistik maqomi va derivatsion xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Bizningcha, bu o‘rinda an’anaviy grammatikalarimizda berilib kelinayotgan murakkab xarakterli bo‘lgan teng komponentli, tobe komponentli va aralash komponentli deb nomlanuvchi sintaktik strukturalarni MSQning muayan turlari sifatida o‘rganish lozim ko‘rinadi. Bundan tashqari, an’anaga ko‘ra period va gapdan katta birlik (sverxfrazovoe edinstvo) kabi tushunchalarni ham MSQning murakkab shaklli turlari sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir, zotan, ularning barchasi matn maqomiga ega. 2. Hosila struktura masalasi sintaktik nuqtai nazardan dastlab polyak tilshunosi Eji Kurilovich tomonidan tadqiqotlar kun tartibiga qo‘yiladi. Mazkur masala tavsifi uning 1936 yilda chop etilgan “Derivation lexicale et derivation syntaxique” deb nomlanuvchi ishida yoritiladi[8]. Biroq shunday bo‘lishiga qaramay, umumiy tilshunoslikda unga ko‘p yillar davomida jiddiy ahamiyat berilmadi. Faqat 1962 yilga kelib, Eji Kurilovichning mazkur ishi «Derivatsiya sintaksicheskaya i derivatsiya leksicheskaya» nomi bilan rus tiliga tajima qilingandan keyin, rus tilshunosligida bu sohada ma’lum darajada burilish yasaldi. 3. Eslatib o‘tilgan MSQ turlarining barchasining segmentlari sifatida, asosan, mustaqil gaplar faollik ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, ular o‘rtasidagi umumiylikni taqozo etadi. Biroq mazkur gaplarning o‘zaro bog‘lanishi, sintaktik munosabati turlicha vositalar yordamida ro‘y beradi. Boshqacha aytganda, ularning sintaktik derivatsiyasi tamoyillari, xususan, ular bo‘ysunadigan algoritmlar farqlanadi. Ana shularadan kelib chiqib, MSQ turlarining har birining derivatsion xususiyatlarini alohida o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiy qismlari o‘zaro maxsus bog‘lovchilar vositasida yoki bog‘lovchisiz bog‘lanishi mumkin. Ammo komponentlarining qanday bog‘lanishidan qat’i nazar, ularda matn maqomi mavjudligini ko‘ramiz. Tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi Tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalar shakllanishiga ko‘ra teng kompoentli MSQlardan keskin farqlanadi, zotan, ular ikki va undan ortiq tub strukturalar emas, balki yagona tub struktura zamirida voqelanadi. Bunda semantik jihatdan hokim mavqedagi MSQ komponentining tub strukturasi muhim ahamiyat kasb etadi 4. P. A. Sobolevaning applikativ model talqiniga bag‘ishlangan mulohazasiga murojaat etamiz. Mazkur mulohazada so‘z yasalishi muammosi nazarda tutilib, unda dastlabki ob’ekt sifatida amorf O simvoli olinadi va uning kategorial hamda funksional qimmatga ega emasligi ta’kidlanadi. SHundan so‘ng beshta affiks-relyatorga izoh beriladi: R1 – verbalizator, R2 – nominalizator, R3 – ad’ektivator, R4, R5 – adverbializator. Bunda O dastlabki operand, R1, R2, R3, R4, R5 lar esa operatorlar tarzida izohlanadi. P. A. Soboleva mazkur konstruktiv sistemada applikativ model ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi va quyidagi tarzdagi derivatlar shakllanishini ilmiy asoslab beradi: R1O, R2O, R3O, R4O, R5O. 5. Ta’kidlash joizki, biz teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar deb atayotgan sintagmatik qator birliklari an’anaviy tilshunoslikda bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar deb yuritiladi. Maqolaning keyingi o‘rinlarida biz ularni MSQ abbreviaturasi bilan izohlaymiz. Qo‘shma gap tushunchasi orqali nutq birliklarining iyerarxik munosabati rejasida jiddiy nuqson borligi kuzatilayotganligi sababli, biz mazkur tushunchani mikromatn tarzida talqin etib, «murakkab sintaktik qurilma» (MSQ) terminini muomalaga kiritgan edik[5]. Bunda til va nutqning har qanday birligi o‘zidan katta bo‘lgan birlik og‘ushida sintaktik faollik olishi dalillangan edi. Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan tilshunoslikka oid qo‘llanmalarda bunga ahamiyat berilgani tilshunoslarimiz tomonidan mazkur fikrning qo‘llab-quvvatlanganligidan dalolat beradi. Download 21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling