1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi
Bug‘ turbinasinning foydali ish koeffitsiyenti va quvvati
Download 285.21 Kb.
|
1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi
4. Bug‘ turbinasinning foydali ish koeffitsiyenti va quvvati
5. Bug‘ turbinalarining kondensatsion qurilmalari KONDENSATORLAR Kondensator deb, bug‘ni suv holatiga o‘tkazadigan maxsus yopiq holatdagi qurilmaga aytiladi. Bug‘ning suv holatiga o‘tishi konden- satsiya jarayoni deb ataladi. Bug‘ turbinasining past bosimli silindrida kengaygan bug‘ ishini bajarib bo‘lgach, kondensatorga o‘tadi. Bug‘ kondensatorda sovuq quvurlarga issiqligini berib, kondensatga ayla- nishi natijasida uning solishtirma hajmi keskin kamayadi va vakuum hosil bo‘ladi. Kondensatorga sovituvchi suv sarfi qanchalik katta bo‘lsa, kondensatordagi quvurlar harorati shunchalik past bo‘ladi va vakuum shunchalik chuqur bo‘ladi. Kondensator silindrsimon kameraga ega bo‘lib, bu kameraga quvurlar joylashtirilgan (10.1-rasm). Kondensator qo‘llanilishi va turbinaning quvvatiga qarab tanla- nadi. Kondensatordagi bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lganligi sababli bug‘ turbinasi oxirgi pog‘onasida, ya'ni past bosimli silindrda kengaygan bug‘ chiqarish quvuri 1 orqali kondensatorga o‘tadi. 10.1-rasm. Kondensatorning ko‘ndalang kesimi: 1 — kondensator korpusi; 2 — quvur doskalari; S — kondensator quvurlari; 4— va 5 — suv kameralari; 6 — sovituvchi suv kirish quvuri; 7 — sovituvchi suv chiqishi; 8 — kondensator kirish quvuri; 9 — kondensat yig‘gich; 10 — havo so‘rish quvurchasi. Kondensator 2 hajmiga o‘tishda bug‘ tarkibidagi kislorod aralash- masi ejektor 5 orqali atmosferaga chiqariladi. Kondensatorda suv yuzali sovitish quvuri S orqali bug‘ni sovitadi. Quvur ichida ta'minot suvi yuzasida suv bug‘i yuradi. 7 bug‘-havo aralashmasini tinimsiz korpusdan chiqarib turadi. 4 kondensat nasosi orqali kondensat zaxira idishidan kondensatni past bosimli qizdir- gichga uzatadi. Kondensatorda sovituvchi suv kondensatsiya qilinishi vaqtida Tsov1 dan Tsov2 gacha o‘zgaradi. Issiqlik almashgichda takror- lanmas harorat o‘zgarishi kondensatsiya natijasida yuzaga keladi: Download 285.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling