1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi


-rasm. Egri kеsimli tоrayuvchi va kеngayuvchi sоplоlar


Download 285.21 Kb.
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi285.21 Kb.
#1792909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi

2.10-rasm. Egri kеsimli tоrayuvchi va kеngayuvchi sоplоlar
9. Turbinada ichki yo’qotishlar

0
Klapanlardagi yo‘qotishlar. Turbinaga kiruvchi bug‘ berkituvchi va rostlovchi qurilmalardan o‘tishi kerak. Bular turbi- naning kirish qismida joylashgan stopor (to‘xtatuvchi) va rostlovchi klapanlardir. Bu qurilmalar turbinaning konstruktiv qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, turbinaga kirishdagi bug‘ holati deganda sto- por klapani oldidagi bug‘ holati tushuniladi. Bug‘ stopor va rostlovchi klapanlardan o‘tishida uning bosimida yo‘qotish sodir bo‘ladi, ya'ni bug‘ drossellanadi. Drossellanganda bug‘ entalpiyasi o‘zgarmaydi, h = const. Lekin bu drossellash sababli turbinadagi issiqlik pasayishi kamayadi, ya'ni drossellanishdan issiqlik yo‘qotilishi sodir bo‘ladi:
Δhk = h0 — Δhi.y.. O‘rta bosimli turbinalarda drossellash tufayli sodir bo‘ladigan bosim yo‘qotilishi klapanlar butunlay ochiq bo‘lganida birlamchi
bug‘ bosimining 5% ini tashkil qilishi mumkin. Zamonaviy bug‘ turbinalarida bu yo‘qotishlar 3% va undan ham kamroq. Hisob- kitoblar uchun drossellashdagi bosim yo‘qotilishini quyidagicha qabul qilinadi:
Δpk = (0,03÷0,05)p0.
Soplolardagi yo‘qotishlar. oplodagi bug‘ kinetik energiyasining yo‘qotilishi bug‘ning soploga kirishidagi yo‘qotilishi tufayli, bug‘ zarrachalarining soplo devoriga ishqalanishi tufayli, bug‘ oqimi yo‘nalishi o‘zgarishi tufayli va bug‘ uyurma harakati tufayli sodir bo‘ladi.
Bug‘ harakatlanish tezligi sababli sodir bo‘ladigan yo‘qotish tezlik koeffitsiyenti φ orqali ifodalanadi. Tezlik koeffitsiyenti soplo kanali o‘lchamlariga (uzunligi, balandligi va radiusi), soplo devorlari yuzasi g‘adir-budirlik darajasiga, bug‘ tezligiga va soplo shakliga bog‘liq. Tezlik koeffitsiyenti φ soplo balandligiga juda kuchli bog‘liq: balandlik kamayishi bilan φ kamayadi.
Tezlik koeffitsiyenti φ ning qiymatini qo‘pol ishlangan soplolar uchun 0,93÷0,94, yaxshi qo‘yilgan va ishlov berilgan soplolar uchun
0,95÷0,96 va frezerlangan soplolar uchun 0,96÷0,975 oralig‘ida qabul qilish mumkin.
Ishchi kurakchalardagi yo‘qotishlar. Kurakchalardagi energiya yo‘qotishlari tezlik koeffitsiyenti Ç orqali hisobga olinadi.

Download 285.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling