1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi
Issiqlik dvigatellarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Download 285.21 Kb.
|
1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi
10. Issiqlik dvigatellarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Quyida xalq xo’jaligida keng qo’llaniladigan ichki yonuv dvigatellaridan karbyuratorli dvigatel va dizel dvigatellarini ketma - ket to’lishi tartibini chizmada ko’rib chiqamiz. Karbyuratorli dvigatellarni dizel dvigatellari bilan taqqoslaganda karbyuratorli dvigatellarda havo sarfi koeffitsienti kichik. Ular dizel dvigatellariga nisbatan tez xarakatlanadi hamda yengil va ularning o’rtacha quvvati dizelga nisbatan ancha katta. Ichki yonuv dvigatellarining termodinamik sikllarini tahlil qilishda aniqlanadigan kattaliklarga quyidagilar kiradi: uzatilgan va olib ketilgan issiqlik miqdori, siklning xarakterli nuqtalarida asosiy holat parametrlari, siklning termik FIK. Ichki yonuv dvigatellari yoqilg’i turiga qarab gaz yoqilg’isida (gazdvigateli), suyuqlik yoqilg’ida (benzin, solyar moyi, kerosin, ligroin va x.k.), binar (suyuq va gaz) yoqilg’ida ishlaydigan dvigatellarga bo’linadi. Ish tsikliga qarab ikki va turt taktli; yoqilg’i kamerasiga kiritilishiga qarab bosimli va bosimsiz; ish aralashmasining tayyorlanishiga ko’ra ish jismi tashkarida va ichkarida tayyorlanadigan dvigatellarga bo’linadi. Ish aralashmasi o’t oldirish usuliga qarab ichki va tashqi manbaidan (elektr uchkuni, o’t oldirish shari kalorizator) va tsilindrda siqilgan havoning qizishi (dizel dvigateli) xisobiga o’t oldiriladigan dvigatellar mavjud. Ichki yonuv dvigatellari avtomobil, aviatsia, gaz turbinapi va reaktiv dvigatellarga bo’linadi. Porshenli ichki yonuv dvigatellari halq ho'jaligining ko'pgina sohalarida keng qo'llaniladi. Barcha zamonaviy avtomobil va traktorlar asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan. Bu ichki yonuv dvigatellarining qator afzalliklari mavjudligi bildiradi, ularga: 1) ularda qo'pol qozon qurilmasining yo'qligi va tashqi o'lchamlarining kichikligi; 2) ishga tushirishga doimiy tayyorliligi va dvigatelni ishlamagan vaqtda yoqilg'ini sarf bo'lmasligi; 3) suvni kam iste'mol qilinishi va hokazo; Ichki yonuv dvigatellarining kamchiliklari: a) qattiq yoqilg'i bilan solishtirilganda suyuq va gazsimon yoqilg'ining zahirasini chegaralanganligi; b) ishlatib bo'lingan gazlarning issiqligidan foydalanish qiyinligi; v) bitta qurilmada yuqori quvvat olish mumkin emasligi va hokazo. Porshenli ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsipi quyidagicha (12.1-rasm). Silindrda gazlarning bosimi ta'siri ostida porshenning harakati shatun orqali tirsakli valga uzatiladi. Uning ishchi silindri va kallagida klapan va o't oldirish tizimi joylashgan. Ishchi jismning yuqori harorati va bosimi ta'sirida silindr va kallak devori buzilishi yoki qizib ketishini oldini olish uchun suyuqlikli sovitishda g'ilof, havoli sovitishda qovurg'alar bilan jihozlangan. Tirsakli valni bir xilda aylanishini ta'minlash va inersion zo'riqishni kamaytirish uchun, shuningdek silindrda porshenning erkin yo'lini amalga oshirishni ta'minlash uchun maxovik joylashtirilgan, dvigatelda esa bir nechta silindr o'rnatilgan (2, 4, 6, 8, 12, 16 silindr va undan ko'p). Porshenli ichki yonuv dvigatellarida ishchi jismni so'rish va chiqarish organlari odatda tarelkali klapan shaklida tayyorlanadi va ular kerakli vaqtda richag, shtanglar yordamida ochiladi. Porshenli ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsipidan ko'rish mumkinki, ularda aylanma jarayonlar sodir bo'lmaydi, shuningdek gazsimon yonish mahsulotlari kengaygandan so'ng porshen yordamida tirsakli valga berilgan energiya hisobiga dvigatel silindridan chiqariladi, ularning o'rniga esa qaynoq aralashmaning yangi porsiyasi keltiriladi, ularning kimyoviy tarkibi keyingi yonish jarayonida o'zgaradi. Download 285.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling