1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари


Mavzu: Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalalarining hisobi


Download 289.49 Kb.
bet13/21
Sana06.04.2023
Hajmi289.49 Kb.
#1277772
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)

Mavzu: Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalalarining hisobi.
Reja:

  1. Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” hisobvarag‘lar.

  2. Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar.

  3. Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar.

Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan past bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks ettiriladi. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilish navbati bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


Shunday qilib, qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Debet 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga
Debet 23698 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr- passiv)” qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati o‘rtasidagi farq summasiga
Kredit 23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” qimmatli qog‘ozni nominal qiymatiga.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar, kreditidan noto‘g‘ri hisoblangan foizlar, mukofot, shuningdek yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 - hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 – “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 55995 – “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi.
Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat korxonalari qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar, xususiy korxonalar qimmatli qog‘ozlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish uchun hisobvaraqlar rejasining “Aktivlar” bo‘limida 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” asosiy hisobvarag‘i ajratilgan.
Bu hisobvaraq o‘z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi:

10701 – Davlat xazina veksellari 10705 – Davlat obligatsiyalari
10709 – Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari
10711 – Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari 10715 – Yevroobligatsiyalar
10719 – Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari 10779 – Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10791 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont 10793 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot.


Ushbu hisobvaraqlarning debetida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan va ushbu hisobvaraqqa investitsiyalar hisobvarag‘idan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar, hisobvaraqlarning kreditida sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bozor narxining xarid narxidan kamayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishlatiladigan mablag‘lar hisobi 10799 “Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil qilingan zaxira summasi yoki uning ortishi, debetida zaxiraning bekor qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik hisob qimmatli qog‘ozning turi, muddati va emitenti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash 56806 “Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari» hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash summasi yoki uning ortishi, kreditida baholash summasining kamayishi, noto‘g‘ri hisoblangan baholashning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan daromad 45600 “Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida olingan foyda summasi, debetida noto‘g‘ri olingan foydaning qaytarilishi hamda yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa yoziladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar 55600 “Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ko‘rilgan zarar summasi, kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.

Download 289.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling