1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари
Download 289.49 Kb.
|
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)
Foiz summasi=kredit miqdori * foiz stavkasi * kunlar soni =360
Kredit uchun foiz summasi kredit miqdori foiz stavkasi kunlar soni 360 kunga bo‘lishimizga sabab foiz stavkalari yillik qilib belgilanadi. Lekin barcha bank operasiyalari kompyuterlashtirilganligi sababli dasturiy yo‘l bilan to‘lanadigan foizlar va asosiy qarz summalari butun kreditlash davri uchun grafik ko‘rinishida chiqarib beriladi. Bunday grafikning bir nusxasi mijozga beriladi, mijozlar ushbu grafik asosida kredit summasini va foizlarni belgilangan tartibda to‘lab boradilar. Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblab boriladi va 16309- “Ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblangan, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kredit 42601 “Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari” Kredit 16309 “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Mavzu: Tijorat banklarida faktoring va lizing operatsiyalari hisobi Reja: 1. Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. 2. Faktoring operatsiyalarning maqsadi. 3. Sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi. Tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan va maxsus tashkil etilgan faktoring kompaniyalari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalarning maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag‘g‘lari hisobidan to‘lash asosida muddati o‘tgan to‘lovlar va umidsiz qarzdorliklar miqdorini kamaytirishdan iboratdir. Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalga oshirilganda banklarda maxsus bo‘lim tashkil etiladi. Bankda faktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi bo‘lib bankning o‘z mablag‘g‘lari, jalb etilgan va kredit mablag‘g‘lar hisoblanadi. Bank sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov summasini zudlik bilan to‘lab berish maqsadida sotuvchidan to‘lov talabnoma yoki schet- fakturada ko‘rsatilgan summani diskont asosida sotib oladi va debitorga nisbatan barcha huquqni o‘ziga o‘tkazadi. Bank to‘lov hujjatlarni sotib olishda asosiy e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi. Banklarda faktoring operatsiyalari ko‘zda tutilmagan 90966-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hamda balansli 11101-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” va 11103-“Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Masalan, bank faktoring shartnomasiga asosan sotuvchining 100,0 mln so’mlik to‘lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskont komission to‘lov va 30 kundan keyin sotib oluvchidan to‘lov sumasi tushishini nazarda tutib, sotib oldi va quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirdi (sotuvchi va sotib oluvchi shu bankning mijozi hisoblanadi). Balansli hisobvaraq bo‘yicha: Debet 11101– “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” 97000000,0 Kredit 202XX– “Sotuvchining depozit hisobraqami” Ko‘zda tutilmagan hisobvaraq bo‘yicha: Debet 90966–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” 97000000,0 Kredit 96331–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo‘yicha kontr hisobvarag‘i” Sotib oluvchi to‘lovni amalga oshirdi. a). Balansli hisob varaq bo‘yicha: Debet 202XX – “Sotib oluvchiningdepozit hisobraqami” Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” Kredit 45217 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar – Faktoring” 100000000,0 97000000,0 3000000,0 Ko‘zda tutilmagan hisobvaraq bo‘yicha: Debet 96331 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo‘yicha kontr hisobvarag‘i” 97000000,0 Kredit 90966 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatda to‘lovni to‘lay olmadi. Faktoring sumasi muddati o‘tgan faktoring hisobvarag‘iga o‘tkaziladi: Debet 11103–“Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” 97000000,0 Kredit 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash bo‘yicha zaxira shakllantirdi. Zaxira Markaziy bankning aktivlarni tasniflash bo‘yicha joriy etilgan tegishli yo’riqnomasi asosida shakllantiriladi: Debet 56814–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kredit 11199–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” b). Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo‘yicha shakllantirilgan zaxira hisobidan qopladi: Debet 11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” Kredit 11103 – “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” Banklarda muddati o‘tgan yoki to‘lovchining moliyaviy beqarorlik holatiga tushib qolishi natijasida vujudga kelgan zararlar bank boshqaruv kengashining qarori asosida zararlarni qoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida undirib olish maqsadida bankning tegishli ko‘zda tutilmagan hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Download 289.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling