11-mavzu. Banklarda lizing va faktoring operatsiyalari hisobi. Reja: Lizing operatsiyalari va ularning hisobi


Download 261.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi261.97 Kb.
#1556852
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu



131 
11-MAVZU
.
BANKLARDA LIZING VA FAKTORING 
OPERATSIYALARI HISOBI. 
Reja: 
1.Lizing operatsiyalari va ularning hisobi. 
2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. 
 
Tayanch 
so„z va iboralar: lizing buyurtmasi, lizing shartnomasi, lizing 
beruvchi, moliyaviy ijara, faktoring operatsiy, debitorlik qarzlari. 
Bozor 
munosabatlarining 
chuqurlashuvi 
va 
iqtisodiyotning 
modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy 
manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy 
ravishda ortib borishiga turtki 
bo‘lmoqda. Banklarning noa‘nanaviy operatsiyalari 
shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga: 
 lizing; 
faktoring 
Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli 
me‘yoriy 
hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 
(―Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini 
amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi 
to‘g‘risi‖da 620-
sonli Nizomi, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 
21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 
O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni 
sotuvchilar 
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi 
lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit 
hisobvarag‘iga xizmat 
ko‘rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 
lizing buyurtmasi; 
 lizing ob‘ektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma; 
 lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-
reja; 
 oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan 
qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot 
(2-shakl), muddati 
o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi 
ma‘lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish 
dalolatnomalari. 
Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank 
o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra lizing shartnomasida belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining ―Lizing to‘g‘risida‖gi qonuniga muvofiq, 
lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: 
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing 
ob‘ekti lizing oluvchining 
mulki 
bo‘lib o‘tsa; 


132 
b) lizing shartnomasining muddati lizing 
ob‘ekti xizmat muddatining 80 
foizidan ortiq 
bo‘lsa yoki lizing ob‘ektining lizing shartnomasi tugaganidan 
keyingi qoldiq qiymati uning 
boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kam bo‘lsa; 
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing 
ob‘ektini 
uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega 
bo‘lsa, bunda ana shu 
huquqni amalga oshirish kunidagi lizing 
ob‘ekti qiymati asos bo‘ladi; 
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing 
to‘lovlarining umumiy 
summasi lizing 
ob‘ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lsa. 
Lizing beruvchi bank lizing 
ob‘ekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan 
to‘lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi: 
Debet 
19909
–―Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan 
mablag‘lar‖ 

Download 261.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling