1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
Download 106.86 Kb.
|
buxgal shpargalka 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33.Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
32.Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi. Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi xar xilligidan kelib chikib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga e’tibor bermok kerak:1.Tashqi ko‘rinish.2.Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.3.Ma’lumotlarning hajmi.Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).kartochkalar.varaqlar (vedomostlar). Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud.Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schyotlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi
33.Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi. Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.1Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.2.Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.3.Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:1. «Korrektura» usuli.2. «Qizil storno» usuli.3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli.Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi).Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan.40000 (14.03.17) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo).«Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. Download 106.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling