1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Download 106.86 Kb.
|
buxgal shpargalka 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish. 68.Investitsiyalarni turkumlash va baholash
- 69.Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi.
- 70.Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi.
66.Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash o‘tkaziladi.Tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo‘lishi mumkin.Nazorat organining nazorat-taftish ishlari rejasiga asosan o‘tkaziladigan inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komisiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish o‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob tizimida muhim o‘rin tutadi. Maxsus qarorga ko‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va moddiy boyliklari turi bo‘yicha ma’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o‘tkazib turilishi kerak.Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart:korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;tovar-moddiy boylliklar qayta baholanganda;moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda;yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda;korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. 67.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish. 68.Investitsiyalarni turkumlash va baholash. Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog‘liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi.Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratiladi.Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. 69.Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi. Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda egalik qilishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda ulushli (aktsiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli qog‘ozlar bilan ifodalangan bo‘ladi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda qimmatli qog‘ozlarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. 21-son BHMSga muvofiq 0600-“Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" schyotida mamlakatimizda va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarga, sho‘’ba, qaram xo‘jalik jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg‘armasi)ga uzoq muddatli qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi hisob-varaqalaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:0610 “Qimmatli qog‘ozlar”;0620 “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;0640 “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”;0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.0610-“Qimmatli qog‘ozlar" schyotida aksiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari (ortsion, fyuchers va boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi. 70.Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi. Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:5810 “Qimmatli qog‘ozlar”;5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi.
Download 106.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling