1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi
Download 106.86 Kb.
|
buxgal shpargalka 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52.Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
51.Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«CHek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi.Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:1 maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;2 kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun;3 bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
52.Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Fuqarolarni mehnat qilishi uchun har qanday sharoitlar yaratilib ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mulkiy xissiyotini uyg’otishga oid qator tadbirlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz o’zining bir qator qaror va qonunlarida bu kabi yuqoridagi masalalarga ijobiy yondashmoqda. Ma’lumki, mashhur besh tamoyillaridan biri»bo’lmish ijtimoiy himoya qilish dasturi buning yaqqol asosidir. Chunonchi, O’zbekiston Vazirlar mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi №562 sonli qaroriga muvofiq 1998 yilda ham mehnat sharoitlari o’ta zararli, o’ta og’ir bo’lgan ishchilarning daromadlaridan chegirmalar darajasi 25% dan oshmasligi hamda noqulay iqlim sharoitida ishlayotganlar daromadiga eng kam soliq stavkasi bo’yicha 15% miqdorida undirish tartibi ko’rsatib o’tilgan.Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlovchi eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini o’stirishdir.Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan mamlakat iktisodiy va ijtimoiy-siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi taqchillikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarini bajarish uchun, birinchi navbatda, mehnat unumdorligini o’stirish talab etiladi.Tarif tizimi va mehnatni muvofiqlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt jamoasiga beriladigan mukofotlari ularning mehnat hissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.Xodimlarning mehnatiga haq to’lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va sharoitga qarab tabaqalash uchun davlat tarif stavkalari bo’yicha ish haqi, maoshlaridan mo’ljal uchun foydalanishlari mumkin.Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarga ish haqi fondi va moddiy rag’batlantirish fondining miqtsorini belgilaydigan nomativlar yuqoridan tasdiqlanmaydi. Mehnatga haq to’lash xarajatlarining me’yorlashtiriladigan miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan faqat soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun aniqlanad. Download 106.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling