1. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyodagi o‘rni


Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyodagi o‘rni


Download 56.8 Kb.
bet3/5
Sana24.01.2023
Hajmi56.8 Kb.
#1117632
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ipak 777

2.Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyodagi o‘rni.
Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab amalga oshirilgan aloqalar natijasida nafaqat savdo munosabatlari, iqtisodiy xayot borasida turli xalqalarning tajriba almashinuvi, balki turli etnik qatlamlarning yaqinlashuvi, assimiliyatsiyasi yuz bergan. Xususan, turkiy va so‘g‘diy tilli aholining o‘zaro etonomadaniy aloqalari Markaziy Osiyo siyosiy xaritasiga xam muayyan o‘zgarishlar olib kirdi. Mintaqada vujudga kelgan Turk xoqonliklari (VI-VIII) va O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy- o‘lkalari taraqqiyoti bu munosabatlarning maxsuli edi4. Buyuk ipak yo‘li antik davr (I-IV asrlar) da Rim, Parfiya, Kushon va Xan saltanatlari o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy manfatlar kurashi maydoniga aylangan. III-IV asrlarda mintaqadagi Qang‘ va Kushon saltanatlari pachalandi. Shundan so‘ng, taxminan 350 yildan Ipak yo‘lida so‘g‘diylarning mustaqil faoliyati kuchaydi5.
Bu davrni mintaqa uchun “sug‘diylar davri’’ deb, ham atash mumkin. Ilk o‘rta asrlar (V-VIII asrlar) da “Ipak yo‘li “uchun Xitoy, Eron, Vizantiya va Turk xoqonligi o‘rtasida raqobat davom etdi. Bu yil tizimining funksional axamiyat nafaqat tijorat, balki siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayot bilan xam belgilanardi. Jumladan, tujjorlarga o‘zlari bo‘lgan yurtlari haqida “maxsus suxbat va uchrashuvlar “orqali o‘z xukumdorlargi zaruriy ma’lumotlar yetkazib turganlar6.
Pomir tog‘lariga oid malumotlar ham eng qadimiy Buyuk ipak yo‘li qaysi yo‘li ekanligini ko‘rsatadi. Binobarin, Pomir O‘zbekistondan Qadimgi Xitoyning poytaxti Chanan shahriga bo‘lgan masofada uchraydigan eng katta tabiiy to‘siq bo‘lgganligi shubxasiz. Ammo bundan bir necha ming yil muqaddam odamlar undan o‘tishni bilganlar. Xitoy manbalarda Pomir tog‘lari “Chunglin” (rus adabiyotlarida “sunlin”) deb ataladi. Ushbu atama ifodalangan ikki iyroglif manosidan kelib chiqilsa,u “Piyoz dovon” manosini anglatadi . Ayrim mualliflar mazkur xitoy atamasidagi “lin” so‘zini tog‘ deb tarjima qilishgan. Umuman olganda, buni xato deb bo‘lmaydi. Ammo masalaga chuqurroq yondoshilganda,” lin” shunchaki tog‘ emas, balki oralig‘ida jilg‘alar va soylar bo‘lgan tog‘ cho‘qqilari, degan ma’noni anglatadi. Bunday jilg‘alari va soylar orasidan odam piyoda yoki ot- eshaklarga yurishi mumkin bo‘lgan. Shu bois xitoylarda “tog‘ oshish uchun ular orasidagi dovonlardan o‘tish kerek’’ (”fanshan yueling”) degan maqol paydo bo‘lgan. XXP da uyg‘ur tilida nashr etilgan kitoblarda “Chunglin “ni “Ko‘kort” (“Balandlikdan o‘tish “ma’nosini bildiradi”), deb atashmoqda. So‘g‘diylar nafaqat moxir savdogar, balki bozorlarga sifatli maxsuloti yetkazib beruvchilar ham edi. So‘g‘d maxsulotlari Vizantiyadan Koreya va Yaponiyagacha, Tibetdan Shri-Lankagacha quruqlik va yo‘llar orqali yetib borgan7. . Miloddan avvalgi IV-III asrlardan xalqaro tijoratiga kirishgan so‘g‘diylar shimoliy-sharqiy yo‘nalishda keyinchalik shaxarlarga aylangan savdo manzilgoxlarini vujudga keltirdi8. Bu manzilgohlarini vujudga keltiradi9. So‘g‘diylar nafaqat mohir savdogar, balki bozorlarga sifatli maxsulot yetkazib beruvchilar xam edi. So‘g‘d maxsulotlari Vizantiyadan Koreya va Yaponiyagacha, Tibetdan Shri- Lankagacha quruqlik va dengiz yo‘llari orqali yetib brogan. Xorijda So‘g‘dning qishloq xo‘jaligi va xunarmandchiligi maxsulotlariga talab kuchli edi.
So‘g‘diylarning shimoliy-sharqiy va qo‘shni madaniy o‘lkalar bilan aloqalari turk-so‘g‘d munosabatlarining muxim omili bo‘ldi.Jumladan,So‘g‘dning mintaqaviy va tashqi aloqalarida Ustrshona muxim o‘rin tutgan. Bu xudud o‘troq va ko’chmanchi mintaqalar o’rtasida “kontakt makon” edi10.
Vodiyning mis, qo‘rg‘oshin, oltin, temir konlari metallsozlik xunarini rivojlantirdi. Farg‘ona Xitoyga beda (“mu-su”) urug‘i va yong‘oq yetkazib turdi. ‘’ Boy xonadonlarning xumlarda 10 000 dan miqdorida may saqlangan “11. Frg‘onaning samoviy otlari esa azaldan mashhur edi. Ular ham daromad soxasiga aylangan. So‘g‘d va Chochda xam shu kabi otlar yetishtirila boshlangan12. Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan. Badaxshondan lazurit, So‘g‘diyonadan serdolik, Xo‘tandan nefrit kabi qimmatbaho toshlar va hatto o‘sha davrlarda SHarqiy O‘rtayer dengizida hali ishlab chiqarilmagan shisha idishlari bilan savdo qilingan. Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy Osiyo va Xitoy mamlakatlari bilan avvalgi aloqalarning ahamiyati o‘z kuchini yo‘qota boshlagan. Jumladan, Xitoyning mana shu davrga mansu buyumlari O‘rta Osiyoga qadimgi davrlardagiga nisbatan, ancha kamroq kela boshlagan. O‘z navbatida, O‘rta Osiyo xalqlarining, jumladan so‘g‘diylarning Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlarining Buyuk Ipak yo‘lidagiasosiy trassalarida joylashgan sharqiy uchastkalarida olib borilgan savdolarda o‘ynagan ulkan ro‘li asta-sekin yo‘qqa chiqa boshladi.Shubhasiz, Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan bosh transqit’alararo yo‘lning mazmun - mohiyatida ham anchagina o‘zgarishlar sodir bo‘lgani haqida gapiris mumkin negaki bu davrda agar u faoliyati yuritib turgan bo‘lsada , albatta ancha kichikroq miqyosida , ularni qadimgi va Erta O‘rta asrlardagi hajmi bilan qiyoslab bo‘lmaydi . Har qalay bu davrda Buyuk Ipak yo‘lining dengiz trassasi ulkan kemalar eng bozorbob mollar bilan Hindiston,Malaziya , Indoneziyaga kirib kelgan bo‘lsa, xitoyliklar esa mana shu dengiz trassasini endilikda Sharqiy tomonidan foydalana boshladilar . Ayniqsa shimoliy yo‘nalish, O‘rta Osiyoning slavyanlar olami va Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro savdo munosabatlari, IX-X asrlarga kelib katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu haqida nafaqa yozma manbalar guvohlik bermoqda, balki, mashhur Ibn Fadlaning yozuvlarida ham kuzatish mumkin, u uzoq shimolga kiribborib, slavyanlar olami hamda tangalari topilmasi bilan tanishgan. Ulkan miqdordagi kumush tangalar, xazina singari, shuningdek alohida topilma holida o‘nlab ming dona tangalar Balx, Buxoro, Samarqand, Shosh va boshqa shaharlarda zarb qilingan,ular Sharqiy Yevropa va Skandinaviya zaminidan topilgan . Bu tangalar muomla vositasi sifatida ishlatish uchun emas, - deya guvohlik beradi Ibn Fadlan, - balki ularni mo‘ynali buyumlarga almashtirish hamda slavyan va varyaglik ayollarga beza sifatida keltirilgan. Mana shu tarzda, Buyuk Ipak yo‘l tadbiq qilinayotgan davrida endilikda u qadimda erta O‘rta asrlarda bo‘lgani kabi alohida yo‘nalishlariga bo‘lingan holda moddiy, badiiy va manaviy qadriyatlari majmuasi sifatida faoliyati olib bormagan.Uning transqita’lararo yo‘l sifatida tiklanishi, Uzoq Sharq va Yevropa mamlakatlarini birlashtirish, mo‘g‘ul davlatlarning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib genuyalik va venetsiyalik savdogarlarning, shuningdek boshqa tomondan yevropalik katolik missionerlarining faol harakatlari bilan bo‘liq bo‘lgan.
Buyuk Ipak yo‘lining asosiy savdo markazlaridan biri bu paytda Xorazmdagi Urganch shahri bo‘lgan. Florensiya savdo firmasining agenti, savdo bo‘yich mashhur amaliy qo‘llanmaning muallifi bo‘lgan Franchesko Balduchi Pegalottining gaplariga qaraganda, Urganchdan barcha Sharqona narsalarni, shu jumladan Yevropa bozori uchun zarur bo‘lgan Xitoy mollarini sotib olish mumkin bo‘lgan. Mana shu xarakterdagi Xitoy buyumlari Movarounnahrning markaziy va janubiy tumanlariga ancha kam miqdorida kelib turgan. Biroq ahamiyatli savdo magistrallari hamon Movarounnahr hududidan o‘tib borganiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Bu haqida mashhur arab sayyohi Ibn Batuta ham guvohlik beradi u o‘zining Mag‘ribdan Hintistonga tomon, Shimoliy Kavkaz (Mojori shahri), quyi Volgabo‘yi,Xorazm, Buxoro,Termiz orqali o‘tgan , ya’ni “Shimoliy Kavkaz ipak yo‘li” trassasi bo‘ylab eramizning VI asr oxirlaridagi samarqandlik savdogar Maniaxning yo‘nalishini ( marshrutini) takrorlagan. . O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak yo`lida savdo karvon­la­ri­ning tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini ta`minlash borasida ham doimiy chora-talbirlar ko`rib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo`lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxo­na­lar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabotu-sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, Mirzacho`l. Malik cho`li sarhadlarida o`tmish arxitekturasining noyob namunalari sanalgan shunday me`moriy obidalar xarobalari ko`plab uchraydi. Ayniqsa, Somoniylar, Qoraxoniylar va G`aznaviylar sulolalari hukm surgan, Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. O`sha davrda Mag`ribu Mashriqqa ma`lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Marv, Shosh, Balx, Isfijob, Termiz singari shaharlarda o`nlab xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida bo`lgan, turli mamlakat tujjorlari ularda tunu-kun turfa rang mollarini sotganlar yohud mol ayirbosh qilganlar13.


Download 56.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling