1. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyodagi o‘rni
Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi.1
Download 56.8 Kb.
|
Ipak 777
1.Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi.1
Millodan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida Xitoy xonligi birinchi marta, Chjan Szyaning sayohati sharofati bilan, o‘zi uchun G‘arbiy o‘lkani kashf etadi, miloddan avvalgi II asr oxirilaridan boshlab esa, Xitoy va G‘arbiy o‘lka, Parfiya va Sharqiy O‘rta yer dengizi mamalakatlari bilan muntazam ravishdagi diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlagan. Mana shu munosabatlarning eng ulug‘ natijasi, antik va xitoy tamadudining, G‘arb va Sharq, O‘rta yer dengizi hamda Uzoq sharq mamlakatlari bilan birlashtirgan, sivilizatsiya tarixida Ilk bor transqita’lararo yo‘l- Buyuk ipak yo‘lining oyoqqa qo‘yilishi bo‘ldi. Uning faoliyat olib borishining dastlabki sanasi milddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmiga taalluqli bo‘lib, o‘shanda Xitoy diplomati va sayyohi Chjan Szyan birinchi marta xitoyliklar uchun G‘arbiy o‘lka - O‘rta Osiyo mamlakatlari kashf qilib bergan edi. Mana shu tarzda, ilgarilari allaqanday noma’lum yerlarga borib taqaladigan, ikki buyuk yo‘l, goyo bir butun yaxlit qilib birlashtirganidek bo‘lgandi. Biri - Makedonoyalik Iskandarning bosqinchilik yurishlari davomida ellinlari va makedoniyaliklarning hamda salavkiy sarkarda Demodam qo‘shini tomonidan bosib o‘tilgan bu joylar pishiq -puxta o‘rganligini tufayli , G‘arbdan - O‘rta yer dengizi mamlakatlaridan O‘rta Osiyoga olib kelsa, boshqasi - bu viloyatlarini Shimoldan Janubga qadar Dovon orqali (Farg‘ona ) , Kangyuy (O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘I ) va Baqtirya bo‘ylab to boshdan oxirigacha kezib chiqqan va bu o‘lkalarni atroflicha chuqur o‘rgangan Chjan Szyan kashf etgan, Xon imperiyasining Sharqdan - O‘rta Osiyoga olib keladigan yo‘ldir . Qadimgi xitoy manbalarida ipak qurtini boqib, undan xosil bo‘lgan pilladan ip chiqarish va mato to‘qish haqida ko‘p rivoyatlar keltiriladi. Ushbu rivoyatlar olimlar o‘rtasida turli fikir- mulohazalar va taxminlar paydo bo‘lishga sabab bo‘lgan. Keyingi paytda arxeologlar topgan ashyoviy dalilar bu rivoyatlar ilmiy xulosa chiqarishga to‘la asos bo‘la olmasa xam ularni inkor qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Ammo yozma manbalardan ma’liumki, suyuq va toshga o‘yib yozilgan ilk yozuvlar 4-ming yillik tarixiga ega. Ana shu yozuvlarda ipak ipi kabi so‘zlarni uchrashi pillachilikning tarixi ancha qadimiy ekanligini ko‘rsatadi. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra,ipak ipidan to‘qilgan matolarni bo‘yash sanati ilk bor Farbiy Chjou (Shi Chjou) davlatida paydo bo‘lgan . Xitoy manbalarini sinchiklab o‘rganganimizda shunisi ma’lum bo‘ladiki, Chjan Chyan Turkistonga qilgan ikki safari nafaqat xitoylar uchun mazkur mintaqaga yo‘l ochib bergan, balk Xan imperiyasiga Buyuk ipak yo‘lini xunlardan tortib olishga zamin yaratgan. Shunga asoslanib xitoy tarixchilari Chjan Chyan Markaziy Osiyoga yo‘l ochdi deb tariflaydilar. Ammo buni to‘g‘ri tushunmoq lozim. Mazkur ma’lumotga ko‘ra,ipak yo‘li yo‘q edi ,deb aytish xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Binobarin, xitoy elchisining Farg‘onaga borishidan ko‘p asrlar muqaddam Markaziy Osiyo mamlakatlaridan, jumladan xozirgi Shinjon -Uyg‘ur muxtor manbalarining Xitoyga turli mollar olib borilgan. Bu haqida xitoy manbalarining o‘zida ko‘p malumotlar mavjud. Buyuk ipak yo‘lining o‘zlashtirilishidagi buyuk rol so‘g‘diylarga tegishli bo‘lib, aftidan ular, Makedoniyalik Iskandar tomonidan So‘g‘diyona bosib olingandan so‘ng,sharqiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘chib o‘ta boshlagan. Keyinroq So‘g‘d savdo manzillari bu yo‘lning O‘rta Osiyodan to Xitoydagi Chanyangacha,va ehtimol Yaponiyagacha bo‘lgan yerlarning sharqiy qismlari bo‘ylab cho‘zilib ketgan edi, VI asr oxirlarida esa So‘g‘dlik savdogar Maniax, Kasbiyni aylanib va Qora dengizdan suzib o‘tib, Konstantinopolga yetib keladi va bu bilan ipak savdosidagi yangi yo‘nalish (marshrut), - “Kavkaz’’ ipak yo‘liga asos soladi. So‘g‘diylarga Buyuk ipak yo‘lining dengiz trassalarida savdo qilganlar, Arabistondan Hindistonga va shu taqriqa Xitoygacha qatnab turganlari haqidagi ma’lumotlar ham saqlanib qolgan. “Ipak yo‘li’’atamasini birinchi bor nemis olimi Ferdinand Frayherr fon Rixtgofen ,1877 yili o‘zinin “Xitoy”deb nomlangan mumtoz asarida qo‘llab, ilmiy taomilga kiritgan edi. Va bu chindan ham o‘zini to‘laligicha oqlagan, binobarin aynan ipak deya qayd etgandi boshqa nemis olimi Albert Hermann miloddan avvalgi II asr oxirilarida ikki turli olam - G‘arb va Sharqni tanishtirgan tovar bo‘lgan. Biroq Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini,u orqali karvonlar nafaqat har turli Sharqona va G‘arbga xos tovarlarini tashishgan, balki shu yo‘l bilan ma’naviy qadriyatlari va diniy g‘oyalar ham kirib kelgan2. O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan siyosiy vaziyatlaridagi siyosiy vaziyatlardagi jiddiy o‘zgarishlar Buyuk Ipak yo‘li tarixida tub burilishlar davri bo‘ldi: arablarning bosqinchilik yurishlari hamda Umaviylar va Abbosiy arab xalifaligining tuzilishi shular jumlasidandur. 632-636 yillarda arab qo‘shinlari Saad Abu Vaqqos rahbarligi ostida Nexavard va Kadusiyadagi janglardagi Sosniylarning so‘nngi shohi Yazdigird III Marvga qochib ketadi, u yerlarda hamma undan yuz o‘girgan holda, sarson-sargardonlikda daydib yuradi va kunlarning birida uning egnidagi badavlat libosiga ishqi tushgan bir tegirmonchi tomonidan o‘ldiriladi. Buyuk ipak yo‘li tarixdagi yangi davr VII asr o‘rtalarida,Ipaniyadan tortib to Sharqiy Turkistongacha cho‘zilib ketgan barqaror Abbosiylar xalifaligining tashkil qilinishi tufayli yuzaga keladi. Millodan avvalgi 111-105 yillarda imperator U-di Parfiya podsholigiga, Qang‘ hukmdorlariga, keyinroq esa Baqtiriya yerlariga o‘z elchilarin jo‘natib ular bilan diplomatik-savdo aloqalarini o‘rnatadi. Shu tariqa, millodan avvalg II-I asrlarda Sharq bilan G‘arbini bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘liga asos solindi. Xitoy manbalarining ma'lumot berishicha, bu davrda Davan davlatida 70 dan ortiq shaharlar mavjud bo'lib, ular Buyuk Ipak yo'li yo'nalishlarida joylashgan edi, ular bilan mahalliy ahamiyatga molik yo'llar orqali bog'langan edi. Bu shaharlar Buyuk Ipak yo'li shakllangan dastlabki davrlardan boshlab Farg'ona vodiysining muhim iqtisodiy va madaniy markazlari, ayrimlari (Ershi, Sho'rabashat) esa siyosiy-ma'muriy markazlar sifatida mintaqaning ichki va tashqi aloqalarida faol ishtirok etib kelgan. Buyuk Ipak yo'lining Farg'ona vodiysi shaharlari orqali o'tgan asosiy yo'nalishlari Asht dashtlari orqali Xo'jandga,Eski Chotqol tog'laridagi Qamchiq va Rezak dovonlari orqali Choch vohasiga olib kelgan. Bu yo'llar Ohangaron va Chirchiq daryosi vodiylaridagi shaharlar va makonlar orqali Sirdaryodagi muhim kechuvlar tomonga yo'nalgan.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra, mil.avv. III-II asrlarda Toshkent vohasida keyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bo'lib o'tadi va bu jarayonda aloqa yo'llarining ahamiyati ulkan bo'ldi3. Download 56.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling