Markaziy osiyoda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari umbarov Xasan Raxmonovich
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUmbarov Xasan Raxmonovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
Международный научный журнал №9 (100), часть2 «Научный импульс» апреля, 2023 1081 MARKAZIY OSIYODA MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI Umbarov Xasan Raxmonovich Termiz davlat muzey-qoriqxonasi ilmiy xodimi Annotatsiya:Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. usullari haqida yoritilib ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: Madaniy oʻsimlik, seleksiyasi, madaniy oʻsimliklar, oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, markazi (zaytun, seratoniya daraxti. Аннотация:Центры происхождения культурных растений. Учение возникло из потребности в исходном материале для селекции культурных растений и улучшения их сортов. объясняются методы. Ключевые слова: культурное растение, селекция, культурные растения, пищевые, технические и лекарственные растения, очаг (маслина, цератония древовидная. Abstract:Centers of origin of cultivated plants. The doctrine arose from the need for source material for the selection of cultivated plants and the improvement of their varieties. methods are explained. Key words: cultivated plant, breeding, cultivated plants, food, technical and medicinal plants, focus (olive tree, carob tree). Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos boʻlgan. 1883-yilda shveysariyalik botanik olim A. Dekandol eng asosiy madaniy ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib, ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39 yillarda Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta materiallarga tayangan holda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlarining 8 ta asosiy geografik markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani); Hindiston markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani); Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar - piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar - oʻrik, nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo markazi Международный научный журнал №9 (100), часть2 «Научный импульс» апреля, 2023 1082 (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani); Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani); Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, shu jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari vatani); Janubiy Amerika markazi (koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani). Ilm-fan madaniy o'simliklarning kelib chiqishini taxminan ikki asr davomida o'rganmoqda. 19-asrning oxirida shveytsariyalik botanik Alfons Dekandol, eng yirik botaniklardan biri Avgustin Dekandolning o'g'li madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari g'oyasini ishlab chiqdi. U madaniy o'simliklarni tog' etaklarida yashovchi odam etishtirishni va shundan keyingina sel tekisliklari o'zlashtirilgach, ular butun Yer bo'ylab tarqalishni taklif qildi. Bu taxminni daryolar va daryolardan ekish va sug'orish uchun kichik maydonlarni yaratish sharoitlar suv bosgan tekisliklardagi sharoitlarga qaraganda osonroq ekanligi bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, Dajla va Furot va Nil deltasi oralig'ida bizga ma'lum bo'lgan eng qadimiy dehqonchilik madaniyati markazlari insoniyatning oldingi yutuqlarini meros qilib olgan va rivojlantirgan va bu ma'noda kashshof deb bo'lmaydi. Yarim asr o'tgach, Nikolay Vavilov 50 dan ortiq ekspeditsiyani amalga oshirdi globus va madaniy oʻsimliklarning birlamchi va ikkilamchi kelib chiqish markazlari mavjudligini isbotladi. Ularning noyob to'plami Leningrad blokadasi paytida O'simlik sanoati instituti xodimlarining qahramonona sa'y-harakatlari bilan saqlangan. Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan) Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari borligini koʻrsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va boshqa yirik daryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari boʻlgan, deb hisoblangan boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda paydo boʻlganligini koʻrsatib berdi. Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham bogʻlikdir. Hindiston markazi qad. Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega boʻlgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi oʻsimliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol oʻynagan. N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy oʻsimlik genofondlari (qarang Genetik fond) boʻyicha dunyo miqyosida toʻplangan juda katta maʼlumotlarni tahlil qilish asosida madaniy oʻsimliklar kelib chiqqan va yangi shakllar paydo boʻlgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (haritaga q.). Bulardan tashqari, madaniy oʻsimliklarga genetik jihatdan Международный научный журнал №9 (100), часть2 «Научный импульс» апреля, 2023 1083 qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida boʻlib) qolishi tufayli paydo boʻlgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. haqidagi taʼlimotning asosiy nazariy mohiyati madaniy oʻsimliklarda tur hosil boʻlish jarayonining muayyan geografik joyga bogʻliqligini koʻrsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy oʻzgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega boʻlib, amaliy seleksiyada qimmatli boshlangʻich material boʻla oladigan, muhim xoʻjalik belgilarining nodir genlariga ega oʻsimliklarning yangi shakllarini yaratishiga imkon beradi. Madaniy ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5 - 8 ming yildan beri ekiladi. Oʻsimliklar madaniylashtirilgan sari oʻz markazidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sunʼiy va tabiiy tanlanish natijasida oʻsimliklarning genotiplari, morfologik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip oʻzi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Dunyo kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida turli qishloq xoʻjaligi ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling