Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
III bob. LIZINGNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 3.1. Lizing jarayonini tashkil etishning umumiy sxemasi va bosqichlari Asosiy vositalarni sotib olar va lizing beruvchi vazifasini bajarar ekan, lizing kompaniyasi yoki bank bevosita lizing rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va lizing obyektlari bozoridagi vaziyatni nazorat qiladi. Lizingning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda ular asosiy e’tiborni yuqori sifatli xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalarga qaratishlari lozim. Lizing jarayonini tashkil etish aynan shu vazifani bajarishga qaratilgan. Butun lizing jarayonini, g‘oyani izlab topishdan to loyihani amalga oshirishgacha, uch bosqichdan – shartnomadan (investitsiyadan) avvalgi, tashkiliy (investitsion) va ekspluatatsiya bosqichlaridan iborat bo‘lgan sikl sifatida ifodalash mumkin.1 Bu bosqichlarning har birida muayyan ish turlari amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bir qator huquqiy shartnomalarni imzolash uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Lizing munosabatlari ko‘p tomonlama va murakkab xarakterga ega bo‘lganligi tufayli har bitimning barcha shartlari va xususiyatlarini batafsil o‘rganishni talab qiladi hamda ushbu bosqichning muhim ahamiyat kasb etishini asoslab beradi. Shartnoma tuzishdan avvalgi bosqichda lizing loyihasining barcha shart-sharoitlari batafsil o‘rganib chiqiladi: 1. Dastlabki muzokarlarni olib borish, jumladan, lizing loyihasi bilan tanishish, hujjatlarni tayyorlash, lizing oluvchini lizing beruvchining shartlari va lizingning boshqa ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish. 2. Doimiy lizing oluvchi va uning taklif etayotgan loyihasini o‘rganib chiqish. Odatda quyidagilarga katta e’tibor qaratiladi:
3. Lizing loyihasining kompleks ekspertizasi. Lizing oluvchi taqdim etgan barcha hujjatlar, uning moliyaviy ahvoli va kredit layoqati, lizing to‘lovlarining ta’minlanganligi tahlil qilingach, natijalar kompaniya rahbariyatiga ko‘rib chiqish va lizing loyihasini moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. Mazkur bosqichda lizing beruvchiga mijozdan beriluvchi ariza, uning to‘lov layoqati to‘g‘risida xulosa, lizing beruvchi tomonidan ta’minlovchiga beriluvchi buyurtmanoma hamda lizing beruvchi bilan bank o‘rtasida lizing bitimini amalga oshirish uchun ssuda olish to‘g‘risidagi shartnoma kabi hujjatlar rasmiylashtiriladi. Ikkinchi bosqich bu bitimni huquqiy rasmiylashtirishdir. Bu bosqichda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
Uchinchi bosqich lizing to‘lovlarini amalga oshirish, monitoring, buxgalteriya hisobi va hisoboti, lizing obyektining lizing beruvchiga qaytarib berilishi yoki lizing oluvchiga berilishidan iborat bo‘ladi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling