Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Lizing bitimlarini tayyorlash va asoslab berish
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
3.2. Lizing bitimlarini tayyorlash va asoslab berish
Lizing kompaniyalari yoki banklar lizing operatsiyalarini amalga oshirishlaridan avval juda katta tashkiliy ishlarni bajarishlari zarur. Kompaniya yoki bank muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun potensial mijozlarga lizing operatsiyalarini keng reklama qilish imkoniyatlariga va bir qator ustunliklarga ega bo‘lishi lozim. Lizing bozori va uning asosiy tendensiyalarini o‘rganish, ma’lum turdagi asbob-uskunalarga talabni aniqlash muhim rolь o‘ynaydi. Bunda asbob-uskunalarning bozor narxi tebranishi, lizing obyektiga qo‘shimcha ko‘rsatiluvchi (ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish) xizmatlar narxi va tariflari, transport tariflarining o‘zgarishi kabi bir qator omillar e’tiborga olinadi. Tayyorgarlik ishlarining umumiy maqsadi lizing beruvchining lizing olishdan manfaatdor mijozlarni izlab topishidir. SHu bilan bir paytda, lizing bitimini tuzish tashabbusi o‘zi mustaqil ravishda zarur asbob-uskunalarga ega bo‘lgan ta’minlovchini topuvchi yoki lizing kompaniyasiga ta’minlovchini topishda yordam berishni so‘rab murojaat qiluvchi bo‘lajak lizing oluvchi tomonidan ham bildirilishi mumkin. Biroq bu holatda lizing kompaniyasi taklif etayotgan variantlar ichidan lizing obyektini va muayyan ta’minlovchini tanlash huquqiga lizing oluvchi ega bo‘ladi. Lizing kompaniyalari amliyotidan kelib chiqqan holda, lizing jarayonini to‘liq kuzatish mumkin.1 Hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘lajak lizing oluvchining lizing beruvchiga ariza berishidan boshlanadi. Bu arizada lizing oluvchining tashkiliy-huquqiy shakli, lizing obyektining qiymati, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi hamda potensial qarz oluvchida lizing operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur resurslarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi. Ariza topshirilgandan so‘ng lizing oluvchi zarur hujjatlar to‘plamini (nizomning nusxasi, biznes-reja, so‘nggi ikki yil uchun buxgalteriya balansi, loyihani texnik va iqtisodiy jihatdan asoslash, lizing oluvchining iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning rivojlanish istiqbollari va hokazolar) taqdim etadi. Potensial lizing oluvchining moliyaviy holati tahlili natijalariga ko‘ra, lizing loyihasi iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgach, shuningdek, lizing oluvchining hujjatlarini huquqiy jihatdan tekshirish bo‘yicha ma’lumotlarga asosan lizing kompaniyasi rahbariyati tomonidan lizing loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ijobiy natijalarga ega bo‘lgandan so‘ng lizing beruvchi bu haqda lizing oluvchini xabardor qiladi hamda unga tanishib chiqish uchun lizing shartnomasi loyihasini yuboradi. Loyihaning barcha qoidalari bo‘yicha kelishib olingach, lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida lizing shartnomasi tuziladi. Bu shartnoma kelgusida ushbu xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib boradi. Shartnomada lizing obyektidan foydalanish va uni saqlash shartlari, lizing to‘lovlari muddati, shuningdek, lizing obyektidan foydalanish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning lizing oluvchi zimmasiga o‘tishi ko‘rsatiladi. Shu bilan bir paytda lizing beruvchi bilan mulkni yetkazib beruvchi o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi imzolanadi. Mulkni yetkazib beruvchini lizing oluvchi tanlaydi. Kelajakda mulkning sifati, uning butligi va yetkazib berish muddati bo‘yicha barcha e’tirozlar lizing oluvchi tomonidan bevosita mulkni yetkazib beruvchiga bildiriladi. Ko‘rsatilgan mulk uchun pul to‘langach lizing obyekti ta’minlovchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga beriladi. Lizing obyektini qabul qilish-topshirishda uch tomon – lizing beruvchi, lizing oluvchi va lizing obyektini yetkazib beruvchi ta’minlovchi ishtirok etadi. Lizing muddati lizing oluvchi lizing obyektini amalda qabul qilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Lizing beruvchi tomonidan lizing loyihasi monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilib, ular lizing obyektidan to‘g‘ri foydalanish va lizing to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Monitoring davomida shuningdek, lizing oluvchining moliyaviy ahvoli ham doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Lizing operatsiyalarida tavakkalchilik yuqoriligi sababli mijozlar bilan ishlash har bir lizing jarayonining asosini tashkil etadi. Lizing kompaniyasi mazkur ishga – mulk olish uchun arizadan tortib to to‘lovlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, lizing shartnomasi muddati tugaguncha lizing obyektini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishni nazorat qilishga katta e’tibor qaratishi lozim. Umuman, lizing jarayoniga aniqlik va tezkorlik zarur bo‘ladi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling