Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha qaytish darajasi usuli
- Mablag‘larni diskontlash usuli (DSG usuli
O‘zini qoplash usuli eng oddiy usul bo‘lib, dastlabki ma’lumotlar sifatida In boshlang‘ich investitsiyalarni qoplash zarur bo‘lgan yillar, yillik daromad va RS xarajatlar o‘rtasidagi farqni aniqlash yo‘li bilan hisoblanuvchi VK har yillik badal hajmi olinadi. O‘zini qoplash davri quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Tok + In / Dp – Rs (1) Mazkur usulning afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligi, boshlang‘ich kapital qo‘yilmalarining aniqligi, loyihalarni o‘zini qoplash muddatiga qarab taqsimlash imkoniyatining mavjudligidir. Bir xil hajmdagi investitsiyalarga o‘zini qoplash muddatidan qat’iy nazar bir xil baho belgilanishi (ya’ni bir yildan so‘ng olingan 5 ming so‘m besh yildan so‘ng olingan 5 ming so‘m bilan bir baholanadi) bu usulning kamchiligi hisoblanadi. O‘rtacha qaytish darajasi usuli kiritilgan kapital va amortizatsiyani hisobga oladi. Mazkur usulning afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligi, amortizatsiya hisobi va muqobil loyihalarni taqqoslash imkoniyatidan iborat. Usulning kamchiligi turli davrlarda investitsiya va daromadlar darajasidagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratilmasligidadir, chunki u o‘rtacha bajarish darajasiga asoslangan. Shuningdek, bu usul keyinroq olingan pul daromadlari ilgari olingan daromadlar qiymatiga ega emasligiga ham e’tibor qaratmaydi, ya’ni birinchi yili olingan 5 ming so‘m besh yildan keyin ham xuddi o‘sha qiymatga ega hisoblanadi. Foydalilik quyidagicha aniqlanadi: P+Vg/A (2) Kiritilgan kapitalning o‘zini qoplash muddati Tok o‘rtacha qaytish kattaligi quyidagicha aniqlanadi: Vot + K/Tok (3) Mablag‘larni diskontlash usuli (DSG usuli). Mazkur usulning bir necha xil variantlari mavjud. Ularning barchasi kelajakda olinadigan (yoki sarflanadigan) pullar hozirgi paytga qaraganda kamroq qiymatga ega bo‘ladi deb hisoblashga asoslanadi. Kelgusidagi pul tushumlarining diskontlangan qiymatini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: R + S x 1/ (1+ r)n (4) Bu yerda R – diskontlangan qiymat; S – n-yil oxirida olingan kattalik; r - % stavkasi; n – xarajat va natijalari hisob-kitob yilida keltirilayotgan yil.; maxraj 1/(1+r)n – diskontlangan qiymat omili (diskontlash koeffitsiyenti). Masalan, lizing kompaniyasi 500 ming so‘mli loyihaga boshlang‘ich investitsiyalarni kiritadi. Uch yil mobaynida yillik pul oqimi 200 ming so‘mni, foiz stavkasi (r) esa 25 %ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, loyihani amalga oshirish yillari bo‘yicha sof joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyenti mos ravishda quyidagilarga teng bo‘ladi (2-jadval). 2-jadval Yillik sof joriy qiymatini hisoblash1
Mazkur loyihani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun boshlang‘ich investitsiyalar va sof joriy qiymat o‘rtasidagi farqni aniqlash kerak bo‘lib, u quyidagiga teng: 390.40 – 500 = 109.9 Bundan kelib chiqadiki, ko‘rib chiqilayotgan loyiha rentabelli emas, chunki bunda olinadigan daromadlar boshlang‘ich investitsiyalardan kam. Investitsion loyihalarini baholashda inflyatsiyani hisobga olish zarur. Buning uchun hisob-kitoblarni biroz modifikasiyalash, ya’ni diskontlangan qiymat formulasiga inflyatsiya darajasini kiritish lozim. Shunda kelajakda kelib tushadigan pullarning diskontlangan qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi: R= Sx 1/ (1+r+ h)n, bu yerda h –inflyatsiya darajasi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling