Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mablag‘larni jalb etish koeffitsiyenti
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Mablag‘larni jalb etish koeffitsiyenti lizing oluvchining kredit manbalariga moliyaviy bog‘liqlik darajasini aks ettiradi. U qarzlarning joriy aktivlar miqdoriga nisbati yordamida aniqlanadi. Mazkur koeffitsiyent darajasi qanchalik kichik bo‘lsa, lizing oluvchining kredit layoqati shunchalik yuqori hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kredit layoqati ko‘rsatkichlarining har biri asosida lizing oluvchining moliyaviy ahvoli har tomonlama baholanadi. Obyektiv qaror qabul qilish uchun bitta ko‘rsatkichnigina emas, balki turli ko‘rsatkichlar yig‘indisini tahlil qilish zarur. Yuqorida taklif etilgan tahlil natijasida lizing kompaniyasi potensial lizing oluvchining ishonchlilik darajasini aniqlaydi hamda u bilan ishlashni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qisqa xulosalar Lizing jarayonini shakllantirish uch bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqichda tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi; ikkinchi bosqichda lizing bitimi rasmiylashtiriladi; uchinchi bosqich esa lizing obyektidan foydalanish muddatini to‘liq qamrab oladi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun lizing kompaniyasi lizing bozorini, uning asosiy tendensiyalarini o‘rganishi, ma’lum turdagi asbob-uskunalarga talabni aniqlashi zarur. Har bir lizing bitimi amalga oshirilishidan avval muayyan shart-sharoitlar va ehtiyojlar har tomonlama tahlil qilinishi, lizingning ijobiy tomonlari aniqlanishi, potensial lizing oluvchi uchun lizing asosida kreditlash to‘g‘ri baholanishi zarur. Nazorat va muhokama uchun savollar Lizing jarayonini tashkil etishning asosiy bosqichlarini aytib bering. Tayyorgarlik bosqichining asosiy jihatlarini sanab bering. Lizing operatsiyasini o‘tkazishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tavsiflab bering. Lizing jarayonining ikkinchi bosqichida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi? Lizing bitimini tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini sanab bering. Lizing jarayonining qaysi bosqichida lizing to‘lovlari va monitoring ko‘zda tutilgan? Lizing oluvchi tomonidan amalga oshiriluvchi kichik biznes investitsiya loyihalarining asosiy bosqichlarini sanab bering. Lizing loyihalarining kompleks ekspertiza qilish uslubiyatini tavsiflab bering. Tadbirkorlik loyihasini investitsiyalash variantlarini baholab bering. Lizing oluvchining tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlash omillarini aytib bering. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling