Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
Keltirilgan xarajatlar usulidan foydalangan holda ham eng samarali loyihani aniqlash mumkin. “Keltirilgan xarajatlar” deganda jahon tajribasida investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti yoki foiz stavkasi darajasi yordamida yagona yillik hajmga keltirilgan bir qismigina tushuniladi. Bu shu bilan bog‘liqki, investitsiyalar katta hajm, mablag‘ kiritish uchun cheklangan vaqt, o‘zini qoplash muddatining uzunligi bilan tavislanishiga bog‘liq, ishlab chiqarish xarajatlari esa odatda yillik bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida har bir korxona r foiz stavkasi darajasida En normativini yoki Rn investitsiyalar rentabelligi normativini belgilaydi. Bundan kelib chiqqan holda, keltirilgan xarajatlar quyidagi nisbatlardan kelib chiqadi:
Sp = S + rxK = min, Sp = S + Rn x K = min yoki Sp = S + EnxK (5) bu yerda S – yillik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari; K – investitsiyalar; En = 0.1 – iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti. U taqqoslanayotgan loyihalarda investitsiya kiritish uchun birinchi va ikkinchi loyihalarning yillik xarajatlari nisbati sifatida aniqlanadi (3-jadval). 3-jadval Investitsiya loyihalarining asosiy ko‘rsatkichlari1 (ming so‘m)
Demak, ikkinchi loyiha samaraliroq hisoblanadi. Shu tariqa, loyiha samaradorligini aniqlash usullaridan foydalanish yo‘li bilan lizing kompaniyalari eng samarali loyihalarni tanlab oladilar. Bunda lizing kompaniyasi zarurat tug‘ilganda ekspertizaning har bir bosqichida malakali maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosaga keladi. O‘z navbatida lizing oluvchi lizing kompaniyasiga murojaat qilishdan avval uning loyihasidan foydalanishga tarafdor va qarshi bo‘lgan barcha holatlarni o‘rganib chiqishi lozim. Masalan, asbob-uskunalar narxi, undan samarali foydalanish imkoniyati, buzilish xavfi, loyihaning likvidligi. Agar lizing va kredit (yoki moliyalashtirishning boshqa usullari) variantlari o‘rtasida taxminiy paritet kuzatiladigan bo‘lsa, u holda lizing loyihasini batafsil ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Lizing oluvchining kredit layoqatini, ya’ni lizing to‘lovlarini lizing shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarga mos ravishda o‘z vaqtida to‘lash layoqatini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling