Iii bob. Lizingni rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 72 Kb.
|
Режалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Likvidlik koeffitsiyenti
Kiritilgan kapital daromadi balans bo‘yicha foyda (zarar) miqdorining jami passiv miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich lizing oluvchining asosiy va aylanma vositalardan foydalanish samarasini tavsiflaydi hamda tarmoq yoki mintaqaning boshqa korxonalari ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.
Shuningdek, lizing oluvchining o‘tgan davrdagi faoliyatini baholash va uning istiqbollarini aniqlash uchun foydalilik ko‘rsatkichlari “Sotilgan mahsulot hajmida foydaning ulushi”, “Aylanma vositalarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi foyda” ni qo‘llash tavsiya etiladi. “Likvidlik”, “asosiy va aylanma kapitallarning aylanuvchanligi”, “jalb qilinuvchi vositalardan samarali foydalanish” ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun balans moddalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash lozim: korxonaning o‘z mablag‘lari, joriy aktivlar, likvidli aktivlar, tez sotiluvchi aktivlar, joriy majburiyatlar. Likvidlik balans aktivi va passivi bo‘yicha mablag‘larni taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda balansning aktiv qismida lizing oluvchining pul mablag‘lari hisobiga tezroq joylashtirish muddatlari bo‘yicha taqsimlangan aylanma vositalarga (asosiy fondlarga) joylashtirilgan mablag‘lari, passiv qismida esa to‘lanishi lozim bo‘lgan muddatlar bo‘yicha joylashtirilgan mablag‘lar aks ettirilishi lozim. Balans likvidligi tahlili qarzlarning qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonini buzmasdan tezda to‘lanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Likvidlik koeffitsiyenti tez sotiluvchi aktivlarning joriy majburiyatlarga (qarzlarga) nisbati sifatida hisoblanadi. Bu koeffitsiyent darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qarzdor shunchalik ishonchli bo‘ladi. Balansni qoplash (to‘lov layoqati) koeffitsiyenti korxonaning o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan barcha aktivlarni sotish yo‘li bilan hisob-kitob qilish istiqbollarini tavsiflaydi. U joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Balansni qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini tahlil qilishda lizing oluvchining zaxiralari va debitorlik qarzlarini ham hisobga olish zarur. Baholashda debitorlik qarzlaridan foydalanishda aktivlarning sotuv hajmiga aylanish ko‘rsatkichi yoki zaxiralardan foydalanishda sotilgan mahsulot tannarxiga nisbat ko‘rsatkichi bunday ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidligini aniqlashda “xususiy manbalar bilan ta’minlanganlik” ko‘rsatkichini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy manbalar hajmi xususiy aylanma vositalar va boshqa xususiy manbalarning mavjudligi bilan belgilanadi. “Xususiy manbalar bilan ta’minlanganlik” ko‘rsatkichi balans bo‘yicha xususiy manbalar qoldig‘ining passiv qoldiqlariga (asosiy vositalar hamda qimmat bo‘lmagan va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi) nisbati sifatida aniqlanadi. Lizing oluvchining faoliyatida kamchiliklar mavjud bo‘lgan holatlarda aktivlarni qoplashda xususiy manbalarning ulushi kamayadi. Aktivlardan foydalanish samaradorligi va yil davomida kiritilgan kapitalning harakatchanligini baholash uchun “sotilgan mahsulotlar hajmining joriyga aktivlarga nisbati” ko‘rsatkichini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling