1. Farg`ona vodiysi qaysi davlat tasarrufida edi? A buxoro xonligi b xiva xonligi
Download 18.05 Kb.
|
8-o\'zbek 32-26
1. Farg`ona vodiysi qaysi davlat tasarrufida edi? A) Buxoro xonligi B) Xiva xonligi C) Mang`it xonligi D) No`g`ay xonligi 2. Qachon minglar Farg`ona vodiysida hokimiyatni o`z qo`llariga oldilar? A)1709-yilda B)1711-yilda C)1710-yilda D)1712 3. Dastlab Shohruhbiyning qarorgohi qayеrda edi? A) Chustda B) Tepaqo`rg`onda C) Qo`qon D) Chimkent 4. Qaysi Buxoro xoni Shohruxbiyga “otaliq” unvonini bergan? A) Ubaydullaxon B) Imomqulixon C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon 5. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida Qo`qon xonligi Buxoro va Xitoy bilan teng`a-tеng kurash olib bora olgan davlatga aylandi? A) Abdurahimbiy B) Abdukarimbiy C) Erdonabiy D) Norbo`tabbiy 6. Qaysi Qo’qon xoni davrida ekinlardan mo‘l hosil olinishi evaziga bozorda narx-navo arzonlashdi? A) Abdurahimbiy B) Abdukarimbiy C) Erdonabiy D) Norbo`tabiy 7. Qo`qon xoni Olimbekning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1798-1810-yillar B) 1751-1762 yillar C) 1733-1750 yillar D) 1763-1798 yillar 8. Qo’qon xonligida xonlik nomi yozilgan kumush tanga nima deb yuritiladi? A) Rupiya B) Dirham C) Fals D) Dinor 9. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etilishi uchun sulolaning kelib chiqishi ……………….. dan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalandi. A) Amir Temur B) Mirzo ulug’bek C) Shayboniyxon D) Bobur Mirzo 10. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etgan rivoyatga ko’ra kim Farg'ona hukmdori bo'lgan. Davlatni esa biy unvonida boshqargan? A) Oltinbeshik B) Tangriyor C) Qozonxon D) Eshimxon 11. Qo’qon xonligi Buxoro amirligi bilan qayer uchun ketma-ket urush harakatlari olib borgan? A) Chust va Axsi B) Jizzax va Norin C) O’zgan va O’sh D) O’ratepa va Xo’jand 12. Qaysi Qo’qon xoni Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavt solishi mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zining nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi? A) Olimxon B) Umarxon C) Madalixon D) Sheralixon 13. Amir al-muslimin unvonini qabul qilgan Qo’qon xoni kim? A) Olimxon B) Umarxon C) Madalixon D) Sheralixon 14. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xonlik qo`shinlari Farg`ona janubida joylashgan, asosan tojiklar yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko`lobni egallanadi? A) Xudoyorxon B) Olimxon C) Umarxon D) Muhammad Alixon 15. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o`rtasida ittifoq mustahkamlangan? A) Xudoyorxon B) Olimxon C) Umarxon D) Muhammad Alixon 16. Qachon Qo`qon xoni Madalixon o`z ukasi Sulton Maxmudxon foydasiga taxtdan voz kechadi? A) 1840-yil B) 1841-yil C) 1842-yil D) 1843-yil 17. Qo`qon xoni Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar kimdan yordam so’raydilar? A) Buxoro amiri Amir Nasrullo B) Xiva xoni Olloqulixon C) Afg`oniston amiri Ahmadshoh D) Eron shohi Nodirshoh 18. Nima uchun Amir Nasrullo ikkinchi marta Qo`qon xonligiga bostirib kеlganida uni bosib ololmadi? A) Qipchoqlar Qo`qon xonligiga katta yordam bеrgani uchun B) Xiva xoni Olloqulixon Buxoro xonligiga hujum qilgani uchun C) Amir Nasrullo qo`shini orasida xoinlik ro’y bеrgani uchun D) Eron shohi Nodirshohning Buxoroga hujum qilgani uchun 19. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish kuchaydi? A) Madalixon B) Sheralixon C) Murodxon D) Xudoyorxon 20. Soliqlarning juda og`irligidan qachon O`sh xalqi qo`zg`olon ko`taradi? A) 1843-yil B) 1844-yil C) 1845-yil D) 1846-yil 21. Musulmonqul Qo`qonga kelib, Murodxon va uni qo`llab-quvvatlaganlarni fitnachilikda ayblab, taxtga kimni o`tqazadi? A) Norbotabiyni B) Xudoyorxonni C) Hojibekni D) Madalixonni 22. Musulmonqul qaysi rus qo’mondonligi vakili bilan maxfiy ravishda uchrashgan? A) V.Uspenskiy B) V.V.Velyaminov-Zernov C) S.M. Skobelov D) D.Manjara 23. Qachon Qo`qon xoni Xudoyorxon qipchoqlar qirg`inini uyushtirdi? A) 1851-yil 21-mart B) 1852-yil 16-dekabr C) 1852-yil 9-oktabr D) 1853-yil 21-dekabr 24. Qo’qon xonligi hududini to’g’ri belgilang. 1. Sharqda 2. Shimolda 3. G‘arbda 4. Janubda a) Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bekliklari b) Sharqiy Turkiston c) Xiva xonligi va Buxoro amirligi d) Rossiya (ularni Bedpakdala cho‘li ajratib turgan) A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b. C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a. 25. Qurama qayerda joylashgan? A) Amudaryoning quyi qismi chap sohilida B) Sirdaryoning o’rta oqimi o’ng qirg’og’ida C) Zarafshon daryosi yuqori oqimi so’l sohilida D) Qashqadaryoning quyi oqimi o’ng sohilida 26. Qo’qon xonligi nechta viloyatga bo’lingan? A) 11 ta B) 15 ta C) 18 ta D) 20 ta 27. XIX asrda Qo’qon xonligi aholisi qancha edi? A) 800 ming B) 2 mln C) 3 mln D) 1 mln 28. Qashqarlar ya’ni ………? A) Uyg’urlar B) Qirg’izlar C) Qozoqlar D) Tojiklar 29. Qo`qon xonligida bosh vazir hamda qo`shinning bosh qo`mondoni quyidagi qaysi lavozim egasi edi? A) Qo`shbegi B) Mehtar C) Mingboshi D) Otaliq 30. „Diniy ta’lim menga o‘zimni tanitdi”, deb tan olgan qipchoq qabilasi boshlig’i? A) Musulmonqul B) Hojiqul C) Rahmonquli D) Aliquli 31. Qo’qon xonligida dunyoviy ishlar masalalari bilan shug‘ullanuvchilar nima deyilgan? A) Umaro B) Ulamo C) Ustod D) A,C 32. Qaysi mansab xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib brogan? A) Qo`shbegi B) Mirza C) Mingboshi D) Devonbegi 33. Qo’qon xonligida xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi? A) Qo`shbegi B) Mehtar C) Dasturxonchi D) Devonbegi 34. 1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda kim kishilik muntazam qo‘shin tuzadi? A) Xudoyorxon B) Olimxon C) Umarxon D) Muhammad Alixon 35. Muntazam qo’shinning asosini asosan kimlar tashkil etgan? A) Qozoq ` B) Turkmanlar C) Tojiklar D) Qirg’izlar 36. Qaysi Qo’qon xoni sifatli tayyorlangan miltiq (vintovka) olib keltirdi? A) Xudoyorxon B) Olimxon C) Umarxon D) Muhammad Alixon 37. Qo’qon xonligida nomuntazam qo‘shinlar atalishiga ko’ra mos kelmaydigan javobni toping. A) Qoracherik B) Qoraqozon C) Qilquyruq D) Qoraqo’shun 38. Qo’qon xonligida otliq qo’shin nima deb atalgan? A) Navkar B) Sarboz C) Shig’ovul D) Sipoh 39. Qo’qon xonligida piyoda qo’shin nima deb atalgan? A) Navkar B) Sarboz C) Shig’ovul D) Sipoh 40. Qo‘shin qo’mondoniga harbiy harakat chog‘ida qanday unvon berilgan? A) Hojibi buzruk B) Qo’shunboshi C) Amiri lashkar D) Lashkari berun 41. Harbiy qal’alar uchun mas’ul shaxs Qo’qon xonligida nima deb atalgan? A) Yovar B) Qal’abon C) To’pchiboshi D) Valiy 42. Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin bo’linmasi nima deyilgan? A) Tug’ B) Bayroq C) Tuman D) Ayl 43. Qo’qon xonligida 500-1000 tagacha qo'shin bo’linmasi nima deb atalgan? A) Tug’ B) Bayroq C) Tuman D) Ayl 44. Harbiy xarajatlarni qoplash uchun aholiga qanday so’liq yuklangan? A) “Qozon puli” B) “Qalqon puli” C) “Miltiq puli” D) “Afanak puli” 45. Qo’qon xonligi uchuun strategik jihatdan katta ahamiyatga ega qal’a qayerda edi? A) Andijon B) Pishpak C) Toshkent D) O’ratepa 46. Ohangaron va Chirchiq vohasida qanday istehkomlari bunyod etilgan. A) Chorjo’y, Pishpak,Oqqo’rg’on B) Karmana, Vobkent, Xatirchi C) To’ytepa, Bo’ka, Kerovchi D) Chimkent, Turkiston, Toshkent 47. Qo`qon xonligida xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar nima dеb atalar edi? A) chorikorlar B) korandalar C) mardikorlar D) kadivarlar 48. Qo`qon xonligida bahor kеlganida yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliqni aniqlang A) “qozon puli” B) “tutun haqi” C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi” 49. Qo`qon xonligida asosiy soliq nima deb etalgan? A) xiroj B) zakot C) ushr D) mushrifona 50. Tarixiy manbalarda Qo`qon shahri haqida ma’lumotlar qaysi davrdan boshlab uchraydi? A) IX asrdan boshlab B) X asrdan boshlab C) XI asrdan boshlab D) XII asrdan boshlab 51. Toshkent shahri qachondan boshlab hozirgi nom bilan atala boshlanadi? A) X asrdan B) XI asrdan C) XII asrdan D) XIII asrdan 52. Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari qayerda joylashgan? A) Toshkent B) Qo`qon C) Marg`ilon D) Andijon 53. Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari qachon qurilgan? A) XIII asrda B) XIV asrda C) XV asrda D) XVI asrda 54. Qachon Toshkentni ko`chmanchi jung`orlar egallab oldi? A) 1753-yil B) 1755-yil C) 1723-yil D) 1730-yil 55. Qachon Toshkent Qo`qon xonligi tarkibiga qo`shib olindi? A) 1800-yil B) 1803-yil C) 1807-yil D) 1810-yil Download 18.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling