1. Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 59.4 Kb.
|
soliq v abyujet
3.2. Byudjet defitsiti:
Mohiyati, ta’rifi, turlari va vujudga kelish sabablari Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi odatda, unga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi9. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet, deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet defitsiti10, deyiladi. Yuqoridagi jihatlardan olib qaraganda byudjet-soliq siyosatining tarkibiy qismi sifatida byudjet siyosatining yakuniy (miqdoriy) natijasi byudjet defitsiti, byudjetning balansliligi yoki byudjet profitsitida o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq bularning har biriga qarab turib yakka-yu yagona bo‘lgan yakuniy xulosani chiqarishning iloji yo‘q. Bu yerda gap shundaki, byudjetning balansliligi yoki uning profitsitli ekanligiga qarab turib oqilona byudjet siyosati va aksincha, uning defitsitli ekanligini inobatga olgan holda nooqilona byudjet siyosati yuritildi, deb bo‘lmaydi. Chunki byudjet siyosatining yakuniy miqdoriy ifodasi sifatida ularning har biri o‘zida ijobiy va salbiy tomonlarni mujassam etadi11. Byudjet daromadlari va xarajatlarining o‘zaro to‘g‘ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to‘xtamga kelinmagan. Munozaralarda ishtirok etuvchilarni eng umumiy ko‘rinishda ikki guruhga ajratish mumkin ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi: • keynschilar maktabi vakillari; • neoklassik yo‘nalishdagi maktab vakillari. Keynschilar maktabining vakillari sistematik yoki doimiy byudjet defitsiti konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlab, ular bunda quyidagi ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar: • byudjet defitsiti milliy iqtisodiyot uchun xavf tug‘ dirmaydi. Buning sababi shundaki, byudjet defitsiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo‘lgan qismi ham shu byudjet defitsiti mavjud bo‘lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishiga (yaxshilanishiga) o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Albatta, milliy iqtisodiyotdan chetga chiqib ketuvchi mablag‘larning oqib ketishini anglatuvchi tashqi savdo balansining salbiy qoldig‘i bundan mustasno; • byudjet defitsiti boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda o‘z navbatida, byudjet mablag‘larini oluvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlarining oshganligini anglatadi. Bu byudjet defitsitining ular sotib olish qobiliyatining o‘sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko‘lamining kengayganligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini bildirib, bularning hammasi oxir-oqibatda byudjetga kelib tushishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovlari hajmining (miqdorining) kengayishiga (oshishiga) olib keladi. Keynschilar maktabi vakillarining byudjetni defitsitli moliyalashtirish nazariyasi mavjud defitsitni Taraqqiyot byudjetida to‘planishini taqozo etadi. Chunki faqat shu holdagina defitsitli moliyalashtirishning o‘sishi investitsion, innovatsion va tadbirkorlik o‘sishiga olib kelishi mumkin. Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar maktabining qarashlariga butunlay teskari bo‘lib, ular byudjet defitsitiga nisbatan quyidagi xavflarning mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tadilar: • hozirgi kunda (davrda) mavjud bo‘lgan byudjet defitsiti pirovardida (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo‘lishini taqozo etadi; • byudjet defitsitini qoplash (moliyalashtirish) uchun favquloddagi daromadlar – pul va qarzlar emissiyasi, kreditlar va boshqalar – jalb qilinib, bu o‘z navbatida, mamlakatning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyatsion jarayonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o‘sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-oqibatda, milliy iqtisodiyot va davlatning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Byudjet defitsitini ma’lum bir belgilar asosida turkumlarga ajratish va uning tegishli turlarini ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda byudjet defitsitini quyidagi belgilar asosida turkumlarga ajratish maqsadga muvofiq: • vujudga kelish sabablariga ko‘ra; • iqtisodiy mazmuni va ta’sirchanlik yo‘nalishiga qarab; • ishsizlikning darajasi bilan bog‘langanligiga binoan; • vujudga kelish xarakteriga muvofiq; • rejaga munosabati bo‘yicha; • doimiyligiga nisbatan; • davomiyligiga ko‘ra; • moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligiga qarab; • davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlarni to‘lashning xalqaro metodologiyasiga binoan. Vujudga kelish sabablariga ko‘ra byudjet defitsitining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: • favqulodiy byudjet defitsiti; • inqiroziy byudjet defitsiti; • antiinqiroziy13 byudjet defitsiti; • byudjetlaro byudjet defitsiti. Favqulodiy byudjet defitsitining negizida favquloddagi holatlar, ya’ni urushlar, tabiiy ofatlar va shunga o‘xshashlar yotadiki, ulardan sug‘urta qilinish murakkab yoki buning iloji yo‘q. Favquloddagi vaziyatlarning oqibatlarini ogohlantirish va ularga barham berish uchun odatda, turli-tuman zaxira va byudjetdan tashqari fondlar shakllantiriladi. Inqiroziy va antinqiroziy byudjet defitsitlari iqtisodiyot, pul-kredit, moliya sohalaridagi inqirozlar va ularni bartaraf etish choralari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan rag‘batlantiruvchi va aksincha, rag‘batlantirmovchi (taqiqlovchi, aks ta’sir ko‘rsatuvchi) ahamiyatga ega bo‘lgan byudjet defitsitlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Xulosa 2019 yil uchun huddularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling